Tijorat banklarining muammoli kreditlari 23,6 trln so‘mdan oshdi

Davlat banklarida muammoli kreditlar ulushi 3,97%ni, xususiy banklarda esa 3,21%ni tashkil etdi

Tijorat banklarining muammoli kreditlari 23,6 trln so‘mdan oshdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida tijorat banklarining jami kredit portfeli 635,98 trln so‘mga yetgan. Shundan 23,61 trln so‘mi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Natijada NPLning jami kreditlardagi ulushi 3,71%ni tashkil etgan.

Davlat ulushi mavjud banklarda kredit portfeli 420,44 trln so‘mni, muammoli kreditlar hajmi esa 16,7 trln so‘mni tashkil etgan. Mazkur toifadagi banklarda NPL ulushi 3,97%ni qayd etgan.

Davlat banklari orasida eng yirik muammoli kredit portfeli O‘zmilliybankda — 3,54 trln so‘m. Keyingi o‘rinlarda Agrobank (3,15 trln so‘m), O‘zsanoatqurilishbank (2,14 trln so‘m), Asaka bank (1,95 trln so‘m) hamda Xalq banki (1,76 trln so‘m) joylashgan.

Muammoli kreditlar ulushi bo‘yicha esa davlat banklari orasida Mikrokreditbank yetakchilik qilmoqda. Bankning NPL ko‘rsatkichi jami kredit portfelining 7,89%ini tashkil etgan. Shuningdek, Asaka bankda bu ko‘rsatkich 4,85%, Xalq bankida 4,74%, Biznesni rivojlantirish bankida 4,26%ni qayd etgan.

Boshqa tijorat banklarida jami kredit portfeli 215,54 trln so‘mni, muammoli kreditlar hajmi esa 6,91 trln so‘mni tashkil qilgan. Ushbu guruhda NPL ulushi 3,21% darajasida shakllangan.

Xususiy banklar orasida eng yirik muammoli kredit portfeli Kapital bankda qayd etilgan bo‘lib, u 1,3 trln so‘mni tashkil etadi. Undan keyingi o‘rinlarda Ipoteka-bank (1,04 trln so‘m) va boshqa tijorat banklari joylashgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston iyul oyida $1,3 mlrdlik oltin eksport qildi
/
O‘zbekiston iyul oyida $1,3 mlrdlik oltin eksport qildi
O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
/
O‘zbekistondan Malayziyaga borayotgan turistlar soni 62% ga oshdi
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi
/
Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi