O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda 3,3 baravarga oshdi

2025-yilda mamlakatda o‘rtacha oylik pensiya 1,65 mln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda o‘rtacha pensiya 10 yilda 3,3 baravarga oshdi
Oʻzbekistonda oʻrtacha pensiya miqdori so‘nggi 10 yilda 3,3 baravarga oshdi.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonda o‘rtacha oylik pensiya miqdori 1 649,2 ming so‘mni tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2016-yilga nisbatan 3,3 barobarga ko‘p.O‘rtacha oylik pensiya miqdori yillar kesimida quyidagicha bo‘lgan:

  • 2016-yil — 494,2 ming so‘m;
  • 2017-yil — 556,8 ming so‘m;
  • 2018-yil — 640,5 ming so‘m;
  • 2019-yil — 733,2 ming so‘m;
  • 2020-yil — 848,5 ming so‘m;
  • 2021-yil — 963,6 ming so‘m;
  • 2022-yil — 1 080,8 ming so‘m;
  • 2023-yil — 1 234,5 ming so‘m;
  • 2024-yil — 1 495,6 ming so‘m;
  • 2025-yil — 1 649,2 ming so‘m.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan tayyorlangan fiskal strategiyaga ko‘ra, O‘zbekiston o‘rtacha pensiya miqdori bosqichma-bosqich oshib borishi prognoz qilinmoqda.Hozirda 1,7 mln bo‘lgan o‘rtacha pensiya 2027-yilda 1,8 mln so‘mga, 2028-yilda 1,9 mln so‘mga hamda 2029-yilga kelib 2,1 mln so‘mga yetishi kutilmoqda.

Eslatib o’tamiz, Oliy Majlis Senati 7-avgust kuni “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarni ma’qullagandi. Unga ko’ra, barcha ushlab qolishlardan keyin pensionerga to‘lanadigan summa rasman belgilangan minimal iste’mol xarajatlari — 715 ming so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

MB kredit uchun kartalardan avtomatik pul yechishga cheklov kiritadi
/
MB kredit uchun kartalardan avtomatik pul yechishga cheklov kiritadi
Qahramonjon Olimov Anorbank kuzatuv kengashidan chiqmoqchi
/
Qahramonjon Olimov Anorbank kuzatuv kengashidan chiqmoqchi
Air Arabia O‘zbekistonning uchta shahriga reyslar yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda
/
Air Arabia O‘zbekistonning uchta shahriga reyslar yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda