Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi

Gold Moon Tashkent kompaniyasidagi davlat ulushining 100%i sotuvga qo‘yildi

Fonon zargarlik zavodi 316 mlrd so‘mga savdoga chiqarildi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkentdagi Fonon zargarlik zavodiga egalik qiluvchi Gold Moon Tashkent kompaniyasidagi davlat ulushining 100% ini ochiq savdoga chiqardi. Lotning boshlang‘ich qiymati 316,67 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Gold Moon Tashkent kompaniyasi 2019-yil avgust oyida tashkil etilgan bo‘lib, zargarlik buyumlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaga tegishli Fonon zavodi Toshkent shahri Chilonzor tumanida, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti kampusi qarshisida va Farhod bozori yaqinida joylashgan.

2026-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, kompaniyaning foydasi 33,39 mlrd so‘mni tashkil etgan. Korxonada o‘rtacha 459 nafar xodim ishlaydi.

Gold Moon Tashkent kompaniyasining ustav kapitali 444,51 mlrd so‘m, aylanma aktivlari 331,82 mlrd so‘mga baholanmoqda. Kompaniyaning kreditorlik qarzdorligi 305,9 mlrd so‘m, debitorlik qarzdorligi esa 13,2 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Korxona umumiy maydoni 11,37 ming kvadrat metr bo‘lgan ikki qavatli binoda joylashgan. Bino 2,56 gektar yer maydonini egallaydi. Asosiy fondlarning balans qiymati 110,75 mlrd so‘m bo‘lib, ularning eskirish darajasi 33,17% ni tashkil etadi.

Korxonani sotish bo‘yicha auksion 28-sentabr kuni soat 10:00 ga belgilangan. Lotning boshlang‘ich narxi 316,67 mlrd so‘mni tashkil qiladi.

Gold Moon Tashkent 2023-yil mart oyida prezident tomonidan tasdiqlangan xususiylashtirish dasturi doirasida sotilmoqda.

“Davlat mulkini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq, xaridorga uch yilgacha bo‘lgan muddatga bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati beriladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

MB kredit uchun kartalardan avtomatik pul yechishga cheklov kiritadi
/
MB kredit uchun kartalardan avtomatik pul yechishga cheklov kiritadi
Qahramonjon Olimov Anorbank kuzatuv kengashidan chiqmoqchi
/
Qahramonjon Olimov Anorbank kuzatuv kengashidan chiqmoqchi
Air Arabia O‘zbekistonning uchta shahriga reyslar yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda
/
Air Arabia O‘zbekistonning uchta shahriga reyslar yo‘lga qo‘yishi kutilmoqda