Xitoy O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini texnikalarini ishlab chiqaradi
Bu haqda ikki mamlakat vakillari $10 mlnlik bitim imzoladi
Фото: Национальный центр знаний и инноваций в сфере сельского хозяйства
Shu kunlarda Qishloq xo‘jaligida bilim va innovasiyalar milliy markazi direktori Shuhrat Otajonov boshchiligidagi delegasiya Xitoyga tashrif doirasida muhim kelishuvlar imzolanmoqda.
Xususan, Milliy markaz tizimidagi Qishloq xo‘jaligini mexanizasiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti va Xitoy Qishloq xo‘jaligi mexanizasiyasi akademiyasi o‘rtasida umumiy qiymati $10 mlnga teng bo‘lgan bitim tuzildi.
Qayd etilishicha, ushbu kelishuv asosida Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini yig‘uvchi yirik zavod tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bu esa fermer va dehqonlarni zamonaviy texnika bilan ta’minlash, mahalliy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va import texnikalarga bo‘lgan qaramlikni kamaytirishga xizmat qiladi.
Tashrif davomida delegasiya a’zolari zamonaviy chigit ekish va paxta xomashyosini terish texnikalarini ishlab chiqaruvchi zavod faoliyati bilan ham tanishdi.
Mazkur loyiha O‘zbekiston agrar sohasini modernizasiya qilish va texnik imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Avvalroq, Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda LED lampalari va akkumulyator ishlab chiqarishi haqida xabar berilgandi.
Shuningdek, Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Ilzat Qosimov O‘zbekiston yerlari Xitoy kompaniyalari tomonidan “egallab olayotgani” haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ