Issiqlik ta’minoti va issiq suv uchun oldindan to‘lov imtiyozi 60 kungacha qisqartirildi

Endilikda avans to‘lagan iste’molchilar uchun eski tariflar bir yil emas, faqat ikki oy davomida saqlanib qoladi

Issiqlik ta’minoti va issiq suv uchun oldindan to‘lov imtiyozi 60 kungacha qisqartirildi

O‘zbekistonda issiqlik ta’minoti va issiq suv xizmatlari uchun oldindan to‘lov qilganda amaldagi tariflarni saqlab qolish muddati 12 oydan 60 kungacha qisqartirildi. Bu haqda “Veolia Energy Tashkent” kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mazkur o‘zgarishlar ko‘p kvartirali uylarni issiqlik energiyasi bilan ta’minlash tartibiga kiritilgan o’zgartirish bilan belgilandi. Ushbu tartib dastlab 2014-yilda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan edi.

Yangilangan hujjatga ko‘ra, endilikda iste’molchi xizmatlar uchun oldindan to‘lov amalga oshirsa, amaldagi tariflar faqat 60 kun davomida saqlanib qoladi. Avval bu muddat bir yilni tashkil etgan.

Agar ushbu ikki oy davomida issiqlik yoki issiq suv tariflari oshirilsa, avvaldan to‘langan hajm uchun qo‘shimcha to‘lov undirilmaydi. Biroq 60 kunlik muddat tugagach, keyingi hisob-kitoblar yangi tariflar asosida amalga oshiriladi.

Shunga o‘xshash tartib 2024-yil bahoridan buyon jismoniy shaxslar uchun tabiiy gaz va elektr energiyasi bo‘yicha avans to‘lovlarida ham qo‘llanib kelmoqda. Tadbirkorlik subyektlari va boshqa noturar iste’molchilar uchun esa tariflarni saqlab qolish muddati bir oy bilan cheklangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Energetikadagi muammo pulda emas, boshqaruvda” — prezident
/
“Energetikadagi muammo pulda emas, boshqaruvda” — prezident
“Hududiy elektr tarmoqlari”ga yangi boshqaruv raisi tayinlandi
/
“Hududiy elektr tarmoqlari”ga yangi boshqaruv raisi tayinlandi
O‘zbekistonda ipoteka kreditlari hajmi olti oyda qariyb 40% ga oshdi
/
O‘zbekistonda ipoteka kreditlari hajmi olti oyda qariyb 40% ga oshdi