Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi

Bankni 2020-yildan buyon boshqargan Orif Butayev may oyida qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimiga o‘tgandi

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi

Malik Avazov Mikrokreditbank boshqaruv raisi etib tayinlandi. Bu haqda Bank-moliya va fintex sohasidagi tayinlovlarga ixtisoslashgan manbalar xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, prezidentning 12-maydagi qarori bilan Mikrokreditbankni 2020-yildan buyon boshqarib kelgan Orif Butayev lavozimidan ozod etilib, qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi. Shundan so‘ng bank boshqaruvi raisi vazifasini vaqtincha bajarish boshqaruv raisi o‘rinbosari Ikrom Jumaniyozov zimmasiga yuklatilgan edi.

Malik Avazov tayinlovga qadar 2026-yil mart oyidan buyon Anorbank boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Undan oldin esa 2019-yil noyabridan 2026-yil martigacha Ipak Yo‘li bankida boshqaruv raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Faoliyati davomida Ipak Yo‘li bankining Yakkasaroy filiali boshqaruvchisi lavozimida ham ishlagan. So‘nggi yillarda bank tizimidagi ichki boshqaruv va ma’muriy jarayonlar uchun mas’ul bo‘lib kelgan.

Ma’lumot uchun, Mikrokreditbank O‘zbekistondagi to‘qqizta davlat bankidan biri hisoblanadi. Bankning aktivlari 2026-yil 1-may holatiga 33 trln so‘mni, kredit portfeli esa 21,8 trln so‘mni tashkil etgan.

Shuningdek, bankning muammoli kreditlar (NPL) ulushi 4,4% ga yetgan bo‘lib, bu davlat banklari orasidagi eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
/
Uzbekistan Airports Farg‘ona aeroportidagi uchta tijorat obyektini ijaraga qo‘ydi
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
/
Rossiyadan O‘zbekistonga kelayotgan turistlar oqimi 30% dan ko‘proqqa oshdi
Dollar kursi 12 ming so‘mdan pastladi
/
Dollar kursi 12 ming so‘mdan pastladi