Banklarning muammoli kreditlari bir oyda 2 trln so‘mdan ko‘proqqa oshdi

Xususiy banklarda muammoli kreditlar ulushi 3,2% ni, davlat banklarida esa 3,6% ni tashkil qilmoqda

Banklarning muammoli kreditlari bir oyda 2 trln so‘mdan ko‘proqqa oshdi

O‘zbekiston tijorat banklarida muammoli kreditlar (NPL) hajmi aprel oyida 2 trln 56 mlrd so‘mga oshib, yil boshidan buyon eng yuqori oylik o‘sishni qayd etdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

1-may holatiga ko‘ra, mamlakat banklarining jami kredit portfeli 629 trln so‘mga yetgan. Shundan 21 trln 917 mlrd so‘mi muammoli kreditlar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Davlat banklarining kredit portfeli 417 trln 262 mlrd so‘mni tashkil etgan. Muammoli kreditlar hajmi esa 15 trln so‘mga yetib, umumiy portfelning 3,6% ini tashkil qilgan.

Aprel oyida davlat banklaridagi muammoli kreditlar 801 mlrd so‘mga oshgan. Eng katta o‘sish Milliy bankda kuzatilib, NPL hajmi 485 mlrd so‘mga ko‘paygan. Agrobankda esa muammoli kreditlar 351 mlrd so‘mga oshgan.

Shu bilan birga, SQBda muammoli kreditlar 80 mlrd so‘mga, Turonbankda 26 mlrd so‘mga va Asakabankda 17 mlrd so‘mga qisqargan. Qolgan davlat banklarida esa sezilarli o‘zgarish qayd etilmagan.

Xususiy banklarning kredit portfeli 211 trln 737 mlrd so‘mni tashkil etgan. Ulardagi muammoli kreditlar hajmi 6 trln 821 mlrd so‘mga yetib, umumiy portfelning 3,2% iga teng bo‘lgan.

Aprel oyida xususiy banklarda NPL hajmi 1 trln 255 mlrd so‘mga oshgan. Eng katta o‘sish Kapitalbankda kuzatilib, muammoli kreditlar 439 mlrd so‘mga ko‘paygan. Madad Invest bankda esa bu ko‘rsatkich 286 mlrd so‘mga oshgan.

Shuningdek, Orient Finans bank, TBC bank va Trastbankda ham muammoli kreditlar hajmi ko‘paygan.

Ayni paytda Poytaxt bank, Garant bank va Hayot bank muammoli kreditlar hajmini qisqartirishga erishgan. Biroq Poytaxt bankda NPL darajasi yuqoriligicha qolmoqda.

Natijada xususiy banklarda muammoli kreditlar ulushi 3,2% ni tashkil etib, davlat banklaridagi 3,6% lik ko‘rsatkichdan past bo‘lib qolmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

YeTTB 2026-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,5% ga o‘sishini prognoz qilmoqda
/
YeTTB 2026-yilda O‘zbekiston iqtisodiyoti 6,5% ga o‘sishini prognoz qilmoqda
O‘zbekistonda yillik inflatsiya tarixiy minimumga tushdi
/
O‘zbekistonda yillik inflatsiya tarixiy minimumga tushdi
Dollar kursi yana 12 ming so‘mdan oshdi
/
Dollar kursi yana 12 ming so‘mdan oshdi