Dollar kursi 12 ming so‘mdan pastladi

Markaziy bank 15-iyun uchun valyuta kurslarini e’lon qildi, dollar ketma-ket pasayishda davom etmoqda

Dollar kursi 12 ming so‘mdan pastladi

Markaziy bank 2026-yil 15-iyun holatiga xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi rasmiy kurslarini belgiladi.

Unga ko‘ra, AQSH dollari 32,67 so‘mga arzonlashib, 11 981,81 so‘mni tashkil etdi. Shu tariqa dollar kursi yana 12 ming so‘mlik psixologik chegaradan pastga tushdi.

Yevro esa aksincha, 21,03 so‘mga qimmatlab, 13 879,73 so‘m etib belgilandi.

Shuningdek, boshqa xorijiy valyutalar bo‘yicha kurslar quyidagicha shakllandi:

  • funt sterling — 16 080,79 so‘m (+22,24);
  • Rossiya rubli — 165,13 so‘m (-1,48);
  • Xitoy yuani — 1 772,09 so‘m (-0,53);
  • Yaponiya iyenasi — 74,86 so‘m (+0,02);
  • Qozog‘iston tengesi — 24,48 so‘m (-0,16).

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Kelasi yildan O‘zbekistonda 14 nafar eng yaxshi shifokorga elektromobil beriladi
/
Kelasi yildan O‘zbekistonda 14 nafar eng yaxshi shifokorga elektromobil beriladi
Apple Pay va Google Pay O‘zbekistonda ishlay boshladi
/
Apple Pay va Google Pay O‘zbekistonda ishlay boshladi
Misr o‘zbekistonliklar uchun yangi kirish qoidalarini joriy etishni 2027-yil martigacha kechiktirdi
/
Misr o‘zbekistonliklar uchun yangi kirish qoidalarini joriy etishni 2027-yil martigacha kechiktirdi