WB Taxi’ga shikoyatlardan keyin kamchiliklarni bartaraf etish talab qilindi

Raqobat qo‘mitasi xizmat faoliyati yuzasidan yanvar–avgust oylarida qariyb 20 ta murojaat kelib tushganini ma’lum qildi

WB Taxi’ga shikoyatlardan keyin kamchiliklarni bartaraf etish talab qilindi

Raqobat qo‘mitasi yo‘lovchilardan kelib tushgan shikoyatlar ko‘paygani sababli WB Taxi xizmatiga qonunchilik talablariga rioya etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

2026-yil yanvar–avgust oylarida kompaniya faoliyati yuzasidan qariyb 20 ta murojaat kelib tushgan. Yo‘lovchilar buyurtma qilingan taksi ko‘rsatilgan manzilga kelmagani, haydovchi bilan qayta bog‘lanishning imkoni bo‘lmagani va bunday holatlarda operator tomonidan tegishli choralar ko‘rilmaganidan shikoyat qilgan.

Qo‘mita o‘tkazgan o‘rganish natijasida kompaniya “Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunlar hamda raqamli platforma operatorlarining ustun mavqeini tartibga soluvchi Vazirlar Mahkamasi qarori talablariga yetarli darajada rioya qilmayotganini aniqladi.

Shundan so‘ng qo‘mita WB Taxi’dan qonunchilik talablariga rioya etishni ta’minlash, shuningdek, yo‘lovchilarga xizmat bilan bog‘lanish va safar bo‘yicha zarur ma’lumotlarni olish uchun amalda ishlaydigan aloqa imkoniyatini yaratishni talab qildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

WB Taxi Raqobat qo‘mitasining e’tirozlariga javob berdi
/
WB Taxi Raqobat qo‘mitasining e’tirozlariga javob berdi
Prezident administratsiyada ustuvor yo‘nalishlar va yirik loyihalar tahlil qilindi
/
Prezident administratsiyada ustuvor yo‘nalishlar va yirik loyihalar tahlil qilindi
Apple O‘zbekistonda Apple TV xizmatidan foydalanish imkoniyatini ochdi
/
Apple O‘zbekistonda Apple TV xizmatidan foydalanish imkoniyatini ochdi