WB Taxi Raqobat qo‘mitasining e’tirozlariga javob berdi

Kompaniya norozi foydalanuvchilar ulushi 0,1% dan kamni tashkil etganini ma’lum qildi

WB Taxi Raqobat qo‘mitasining e’tirozlariga javob berdi

Kompaniya Raqobat qo’mitasi bilan bog’liq vaziyatga izoh berib, O‘zbekiston qonunchiligi talablariga rioya etilishini nazorat qilishi va servisga ulanadigan taksi parklari ham ushbu talablarga amal qilishini talab qilishini bildirdi.

Kompaniya O‘zbekiston davlat organlari bilan doimiy hamkorlikda ishlayotganini qayd etdi. Hamkorlar tomonidan qoidabuzarliklar yuzasidan ma’lumot kelib tushganda, WB Taxi muammoni tezkorlik bilan ko‘rib chiqib, tegishli choralar ko‘radi. Kompaniyaga yuborilgan har bir murojaat qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqiladi.

Qoidabuzarlik aniqlansa, haydovchi bloklanadi

Foydalanuvchilar yoki nazorat qiluvchi organlardan kelib tushgan sifatsiz xizmat haqidagi har bir murojaat individual tartibda ko‘rib chiqiladi.

Qoidabuzarlikdan shubha qilingan taqdirda, tekshiruv yakuniga qadar haydovchining akkaunti vaqtincha bloklanadi. Ma’lumotlar tasdiqlansa, haydovchiga doimiy blok qo‘yiladi.

Agar tekshiruv natijasida qoidabuzarlik tasdiqlanmasa ham, kompaniya haydovchi bilan profilaktik ish olib borishini bildirdi. Shuningdek, hodisa haqida haydovchi hamkorlik qilayotgan taksi parkiga ma’lumot beriladi.

Kompaniya litsenziya kartalarini tekshiradi

WB Taxi hozirda litsenziya kartasi bo‘lmagan haydovchilarning servisda ishlashiga yo‘l qo‘ymaydigan kam sonli agregatorlardan biri ekanini ta’kidladi.

Kompaniya yo‘lovchi tashish faoliyati uchun qonunchilikda talab etiladigan ruxsatnomalarning mavjudligini ta’minlash va ularni tekshirishini ma’lum qildi. Bu xizmat ko‘rsatish darajasini nazorat qilish va uni oshirish imkonini berishi qayd etildi.

WB Taxi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–sentyabr oylarida servis sifati bilan norozi bo‘lgan foydalanuvchilar ulushi foizning mingdan bir qismidan oshmagan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezident administratsiyada ustuvor yo‘nalishlar va yirik loyihalar tahlil qilindi
/
Prezident administratsiyada ustuvor yo‘nalishlar va yirik loyihalar tahlil qilindi
Apple O‘zbekistonda Apple TV xizmatidan foydalanish imkoniyatini ochdi
/
Apple O‘zbekistonda Apple TV xizmatidan foydalanish imkoniyatini ochdi
Xorazmda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha elektr stansiyasi ishga tushiriladi
/
Xorazmda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha elektr stansiyasi ishga tushiriladi