Prezident administratsiyada ustuvor yo‘nalishlar va yirik loyihalar tahlil qilindi

Saida Mirziyoyevaning ta'kidlashicha, jamoa ish jarayonida muntazam ravishda ochiq formatdagi muhokamalardan foydalanadi

Prezident administratsiyada ustuvor yo‘nalishlar va yirik loyihalar tahlil qilindi

Administratsiya jamoasi bilan ustuvor yo‘nalishlar va yaqin kelajakda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan yirik loyihalar bo‘yicha tahliliy muhokama o‘tkazildi. Bu haqda Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, jamoa ish jarayonida muntazam ravishda ochiq formatdagi muhokamalardan foydalanadi. Bunday uchrashuvlarda ustuvor vazifalar belgilanib, dolzarb masalalar tahlil qilinadi va turli yechimlar ko‘rib chiqiladi.

Har bir mavzuning jamoa ishtirokida muhokama qilinishi vaziyatni kengroq baholash, yangi imkoniyatlarni aniqlash va maqbul yondashuvlarni ishlab chiqishga yordam beradi.

Muhokamalar yakunida aniq vazifalar belgilanib, Prezident Shavkat Mirziyoyevga taqdim etiladigan asoslangan takliflar jamlanadi.

Kapital.uz avvalroq adminstratsiya rahbari xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyati bilan tanishgani haqida xabar bergandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Apple O‘zbekistonda Apple TV xizmatidan foydalanish imkoniyatini ochdi
/
Apple O‘zbekistonda Apple TV xizmatidan foydalanish imkoniyatini ochdi
Xorazmda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha elektr stansiyasi ishga tushiriladi
/
Xorazmda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha elektr stansiyasi ishga tushiriladi
Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyati bilan tanishdi
/
Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyati bilan tanishdi