Apple O‘zbekistonda Apple TV xizmatidan foydalanish imkoniyatini ochdi

O‘zbekiston foydalanuvchilari Apple’ning original filmlari va seriallari katalogidan iCloud+ obunasi orqali foydalanishi mumkin

Apple O‘zbekistonda Apple TV xizmatidan foydalanish imkoniyatini ochdi

O‘zbekiston foydalanuvchilari Apple’ning original filmlari va seriallaridan iborat Apple TV katalogiga kirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Xizmat iCloud+ obunasi tarkibiga kiritildi.

O‘zbekistondagi foydalanuvchilar uchun iCloud+’ning 50 GB xotira taqdim etuvchi tarifi oyiga $0,99 ni tashkil etadi. Qo‘shimcha bulutli xotiradan tashqari, ushbu tarif endi alohida to‘lovsiz Apple TV va Apple Arcade xizmatlaridan foydalanish imkonini ham beradi.

200 GB xotirali tarif oyiga $2,99, 2 TB — $10,99, 6 TB — $32,99, 12 TB — $64,99 turadi.

Apple TV katalogida original filmlar va seriallar mavjud

Apple TV orqali Apple Original filmlari va seriallarini tomosha qilish mumkin. Katalogdan “Bo‘linish”, “Ted Lasso”, “Slow Horses”, “The Morning Show”, “Monarch: Legacy of Monsters” va boshqa loyihalar o‘rin olgan.

Yangi filmlar va seriallar katalogga har hafta qo‘shib boriladi.

Xizmat turli qurilmalarda ishlaydi

Apple TV’dan Apple qurilmalari, smart-televizorlar, o‘yin konsollari, Android va Windows qurilmalari orqali foydalanish, shuningdek, Apple TV sayti orqali brauzerda tomosha qilish mumkin.

Apple TV obunasini oilaviy guruhdagi yana besh nafar foydalanuvchi bilan bo‘lishish imkoniyati mavjud.

Yangi imkoniyatlar 100 dan ortiq mamlakatda joriy etildi

O‘zgarishlar faqat O‘zbekistonga taalluqli emas. Apple iCloud+’ning yangi formatini 100 dan ortiq mamlakat va hududlarda joriy qildi. Ushbu mamlakatlarda Apple TV va Apple Arcade’ning alohida obunalari bosqichma-bosqich iCloud+ orqali taqdim etiladigan xizmatlar bilan almashtirilmoqda.

Avvaldan iCloud+ obunasini rasmiylashtirgan foydalanuvchilar uchun Apple TV va Apple Arcade xizmatlaridan foydalanish imkoniyati avtomatik ravishda taqdim etiladi.

Yangi imkoniyatlar mavjudligini qurilma sozlamalaridagi iCloud+ obunasi bo‘limi orqali tekshirish mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezident administratsiyada ustuvor yo‘nalishlar va yirik loyihalar tahlil qilindi
/
Prezident administratsiyada ustuvor yo‘nalishlar va yirik loyihalar tahlil qilindi
Xorazmda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha elektr stansiyasi ishga tushiriladi
/
Xorazmda qattiq maishiy chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha elektr stansiyasi ishga tushiriladi
Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyati bilan tanishdi
/
Saida Mirziyoyeva xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internat faoliyati bilan tanishdi