Tadbirkorlar o‘rnatgan radarlarga kamar taqmaganlik qoidabuzarligini qayd etishga ruxsat beriladi

Yangi tartib 1-noyabrdan kuchga kiradi, kameralar qoidabuzarlik vaqti, joyi hamda haydovchining yuzini aniq qayd etishi kerak

Tadbirkorlar o‘rnatgan radarlarga kamar taqmaganlik qoidabuzarligini qayd etishga ruxsat beriladi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va video qayd etish vositalari orqali xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik holatlarini qayd etishga ruxsat beriladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

Hukumat qarori bilan yo‘l harakati qoidalari buzilishini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha choralar belgilangan.

Qarorga ko‘ra, tadbirkorlar o‘rnatgan maxsus avtomatlashtirilgan vositalar haydovchilarning transport vositasini boshqarish va yo‘lovchilarni tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik holatlarini ham qayd etishi mumkin.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 21-apreldagi 232-sonli qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilgan.

Yangi talablarga muvofiq, xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalari buzilishini qayd etuvchi tizim “Ma’muriy amaliyot” moduliga quyidagi ma’lumotlarni avtomatik uzatish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak:

  • metrologik qiyoslash guvohnomasining raqami va amal qilish muddati;
  • qoidabuzarlik aniqlangan sana va vaqt;
  • qoidabuzarlik sodir etilgan joyning aniq koordinatalari.

Bundan tashqari, tizim elektr ta’minotida uzilishlar yuz berganda kamida 8 soat ishlashini ta’minlaydigan zaxira elektr manbai bilan jihozlanishi lozim.

Shu bilan birga, xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalari buzilishini qayd etishda haydovchining yuzi, xavfsizlik kamaridan foydalangan yoki foydalanmagani yuqori sifatli fotosuratlarda aniq aks etishi shart.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Binance kriptobirjasi $6,3 mlrdlik zarar bilan yakunlangan kiberhujumga uchradi
/
Binance kriptobirjasi $6,3 mlrdlik zarar bilan yakunlangan kiberhujumga uchradi
Tovar-xomashyo birjasida savdo hajmi 9 oyda 29% ga oshdi
/
Tovar-xomashyo birjasida savdo hajmi 9 oyda 29% ga oshdi
O‘zbekiston va Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash tuzadi
/
O‘zbekiston va Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash tuzadi