APEX BANK mobil ilovada oltin va kumushni sotib olish hamda sotishni yo‘lga qo‘ydi

Xizmat barcha amaliyotlarni bank ofisiga bormasdan, qulay raqamli shaklda amalga oshirish imkonini beradi

APEX BANK mobil ilovada oltin va kumushni sotib olish hamda sotishni yo‘lga qo‘ydi

APEX BANK mijozlari endilikda oltin va kumushni bankning mobil ilovasi orqali sotib olishlari va sotishlari mumkin. Ushbu xizmat barcha amaliyotlarni bank ofisiga bormasdan, qulay raqamli shaklda amalga oshirish imkonini beradi.

Oltin ko‘p yillardan beri kapitalni uzoq muddatga saqlashning eng talabgir vositalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Kumush ham zargarlik sohasi, elektronika, sanoat va zamonaviy texnologiyalarda keng qo‘llanilishi sababli investitsiyalar uchun jozibador hisoblanadi.

Qimmatbaho metallarga mablag‘ kiritish, ayniqsa, uzoq muddatga sarmoya qilishni rejalashtirayotganlar uchun jamg‘armalarni saqlash va taqsimlashning qo‘shimcha usuli bo‘lishi mumkin.

APEX mobil ilovasi yordamida mijozlar oltin va kumushni bevosita xarid qilish va saqlash zaruratisiz, ularni mustaqil ravishda sotib olishlari hamda sotishlari mumkin. Bunda oltin savdosi 1 grammdan boshlanadi, bu esa qimmatbaho metallarga sarmoya kiritish imkoniyatini yanada kengaytiradi

Shu bilan birga, oltin va kumush narxi jahon bozoridagi vaziyatga qarab o‘zgarishi, ya’ni oshishi yoki pasayishi mumkin. Shuning uchun sarmoya kiritishda ehtimoliy xatarlar va shaxsiy moliyaviy maqsadlarni hisobga olish muhim.

APEX BANK mijozlarga o‘z mablag‘lari va jamg‘armalarini qulay boshqarish imkonini beruvchi raqamli xizmatlarni rivojlantirishda davom etmoqda.

Mobil ilovani havola orqali yuklab olish mumkin.

Теlefon: 1881

Sayt: apexbank.uz

Instagram: @apexbank.uz 

Linkedin: APEX BANK

Reklama huquqlari asosida 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Innovatsiyalar amalda: ANORBANK loyihasi EMBRAS 2026 xalqaro mukofotida eng yaxshi deb topildi
/
Innovatsiyalar amalda: ANORBANK loyihasi EMBRAS 2026 xalqaro mukofotida eng yaxshi deb topildi
Lawformer va TBC Uzbekistan shartnomalarga sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha hamkorlik qiladi
/
Lawformer va TBC Uzbekistan shartnomalarga sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha hamkorlik qiladi
Octobank III chorakda foydasini 57,5% ga oshirdi va 16 valyutada hisob-kitoblarni yo‘lga qo‘ydi
/
Octobank III chorakda foydasini 57,5% ga oshirdi va 16 valyutada hisob-kitoblarni yo‘lga qo‘ydi