O‘zbekiston va Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash tuzadi

Prezidentlar muzokaralar yakunida savdo, ijtimoiy ta’minot va bojxona sohalaridagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qator bitimlarni imzoladi

O‘zbekiston va Turkiya biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yuqori darajadagi kengash tuzadi

Shavkat Mirziyoyev va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Anqara shahrida boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunida Biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yuqori darajadagi kengashni taʼsis etish toʻgʻrisidagi bitimni imzoladi.

Bundan tashqari, koʻp qirrali va uzoq muddatli sheriklikning turli yoʻnalishlarini qamrab oluvchi ikki tomonlama hujjatlar toʻplami imzolandi. Xususan:

  • Imtiyozli savdo bitimi doirasida tovarlar roʻyxatini kengaytirish toʻgʻrisidagi bayonnoma;
  • Ijtimoiy taʼminot toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim va uni amalga oshirish boʻyicha maʼmuriy bitim;
  • 2022-yil 29-martda imzolangan davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining oʻtishi haqida oldindan axborot almashish toʻgʻrisidagi bayonnomaga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisidagi qoʻshimcha bayonnoma.

Imzolangan hujjatlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish, ishbilarmon doiralar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ikki mamlakat fuqarolarining ijtimoiy huquqlarini samarali himoya qilishga qaratilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Tovar-xomashyo birjasida savdo hajmi 9 oyda 29% ga oshdi
/
Tovar-xomashyo birjasida savdo hajmi 9 oyda 29% ga oshdi
O‘zbekistonda tijorat banklari faolligi reytingi yangilandi
/
O‘zbekistonda tijorat banklari faolligi reytingi yangilandi
O‘zbekistonda 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga import bojlarini qayta joriy etish taklifi rad etildi
/
O‘zbekistonda 12 turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga import bojlarini qayta joriy etish taklifi rad etildi