Lawformer va TBC Uzbekistan shartnomalarga sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha hamkorlik qiladi

Markaziy va Sharqiy Yevropa qatorida ushbu hudud ham kompaniya uchun ustuvor bo‘lgan asosiy bozorlardan biridir

Lawformer va TBC Uzbekistan shartnomalarga sun’iy intellektni joriy etish bo‘yicha hamkorlik qiladi

Yuridik sohada sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantiruvchi Lawformer platformasi Markaziy Osiyodagi jadal o‘sayotgan yetakchi raqamli moliyaviy ekotizimlardan biri — TBC Uzbekistan bilan hamkorlik boshlanganini e’lon qildi.

TBC Uzbekistan’ning jadal rivojlanishi fonida guruhning yuridik bo‘limi o‘z faoliyatida Lawformer yechimidan foydalanishni boshlamoqda. Bu shartnomalar bilan ishlash samaradorligini biznesning o‘sish sur’atlariga moslashtirishga xizmat qiladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri Microsoft Word dasturiga integratsiya qilinadigan ushbu platforma hujjatlarni tayyorlashni tezlashtiradi, ularni tekshirish sifatini oshiradi hamda yuridik bo‘limning boshqa jamoalar bilan hamkorligini yanada samarali qiladi. Eng muhimi, xodimlar o‘zlari o‘rgangan qulay ish qurollarini o‘zgartirishlariga hojat qolmaydi.

Lawformer uchun ushbu hamkorlik Markaziy Osiyodagi faoliyatini kengaytirish strategiyasining muhim bosqichi hisoblanadi. Markaziy va Sharqiy Yevropa qatorida ushbu hudud ham kompaniya uchun ustuvor bo‘lgan asosiy bozorlardan biridir. Platforma mahalliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini aniqroq hisobga olish uchun mintaqadagi ochiq milliy huquqiy ma’lumotlar bazalariga ulanadi. Ushbu yechim allaqachon o‘zbek va rus tillarida ishlash imkoniyatini taqdim etmoqda.

TBC Uzbekistan rivojlanib bormoqda va ushbu o‘sish bilan birga yuridik faoliyat hajmi ham ortmoqda. Biz jamoamizni takrorlanuvchi topshiriqlardan xalos etish, jumladan, SI vositalaridan foydalanish yo‘llarini izchillik bilan izlamoqdamiz. Lawformer ana shunday yechimlardan biri hisoblanadi. U yuristlarimiz har kuni ishlatadigan dasturlarga integratsiya qilingani sababli, uni joriy etish ish jarayonlarni qayta ko‘rib chiqishni talab qilmadi, — deb ta’kidladi Nika Kurdiani, CEO TBC Uzbekistan.

Mintaqaviy rivojlanish doirasida Lawformer Yevropa huquqiy texnologiyalar assotsiatsiyasi (ELTA) bilan hamkorlikda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyodagi huquqiy texnologiyalarga bag‘ishlangan Legal Tech Meetup 2026 konferensiyasini o‘tkazadi. Tadbir 21–22-noyabr kunlari Tbilisida bo‘lib o‘tadi va 25 dan ortiq mamlakatdan korporativ yuristlar, yuridik kompaniyalar hamda texnologik firmalar vakillarini bir joyga jamlaydi. Dastur ishtirokchilari orasida TBC Bank yuridik departamenti rahbari Saidazim Saidkamalov ham bor.

TBC — Lawformer qanday vazifalarni hal eta olishining yorqin misolidir. Biznesning tezkor o‘sishi yuridik bo‘lim hamda shartnomalar bilan ishlash jarayoniga yuqori yuklama hosil qiladi, platformamiz esa buni yengillashtirishga yordam beradi. Aynan shu sababli biz TBC Uzbekistan jamoasini noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Legal Tech Meetup konferensiyasida chiqish qilishga taklif etdik. Bugungi kunda mintaqadagi kompaniyalarda faoliyat yuritayotgan yuristlar boshqalarning tajribasini shunchaki o‘zlashtirib qolmay, texnologik kun tartibini o‘zlari belgilamoqdalar, — deb qayd etdi Lawformer bosh direktori Nako Edisherashvili.

Lawformer haqida

Lawformer — yuristlar uchun mo‘ljallangan sun’iy intellekt platformasi bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri Microsoft Word dasturiga integratsiya qilinadi. U shartnomalar bilan ishlashning to‘liq siklini — hujjatlarni tayyorlash, tekshirish va kelishish jarayonlarini yagona tizimda birlashtiradi. Platforma yuristlarning odatiy ish qurollari o‘rnini bosmaydi, aksincha, intellektual qo‘shimcha sifatida xizmat qiladi. Bu esa hujjat ustida ishlash jarayonining o‘zidayoq kompaniyaning ichki reglamentlari, shablonlari va korporativ bilimlaridan foydalanish imkonini beradi. Bugungi kunda Sharqiy Yevropa, Markaziy Osiyo va AQShdagi korporativ yuristlar Lawformer’dan unumli foydalanib kelmoqdalar.

Sayt: legaltechmeetup.com

Linkedin: @legaltech-meetup

Reklama huquqlari asosida

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Octobank III chorakda foydasini 57,5% ga oshirdi va 16 valyutada hisob-kitoblarni yo‘lga qo‘ydi
/
Octobank III chorakda foydasini 57,5% ga oshirdi va 16 valyutada hisob-kitoblarni yo‘lga qo‘ydi
Moskvada ishbilarmonlik turizmi bo‘yicha xalqaro kongress o‘tkaziladi
/
Moskvada ishbilarmonlik turizmi bo‘yicha xalqaro kongress o‘tkaziladi
Octobank va Felix Accountant: 0% komissiya bilan biznes uchun ikki karra foydali
/
Octobank va Felix Accountant: 0% komissiya bilan biznes uchun ikki karra foydali