Moskvada ishbilarmonlik turizmi bo‘yicha xalqaro kongress o‘tkaziladi

Tadbirda ishbilarmonlik turizmi va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilinadi

Moskvada ishbilarmonlik turizmi bo‘yicha xalqaro kongress o‘tkaziladi

2026-yil 16–17-dekabr kunlari Moskvadagi Xalqaro savdo markazining kongress markazida Meet Global MICE Congress (MGMC) bo‘lib o‘tadi. Unda ishbilarmonlik tadbirlarini tashkil etuvchi kompaniyalar, mehmonxonalar, turizm idoralari, korporativ buyurtmachilar va soha mutaxassislari ishtirok etadi.

2025-yilda kongressda 37 mamlakatdan 2,5 mingdan ortiq mutaxassis qatnashib, 130 dan ortiq kompaniya o‘z xizmatlarini taqdim etgan. Ular orasida O‘zbekistonning Sanat Travel Experts DMC, Inter MICE Asia va Silk Road Samarkand kompaniyalari ham bo‘lgan.

Bu yilgi kongressda ham turizm kompaniyalari va xizmat ko‘rsatuvchilar uchun ko‘rgazma tashkil etilishi rejalashtirilgan. O‘zbekistonlik ishtirokchilar unda mamlakatdagi mehmonxonalar, tadbirlar o‘tkaziladigan maskanlar va boshqa MICE xizmatlarini taqdim etishlari mumkin.

Tadbir dasturida Hosted Buyers — professional xaridorlar uchun mo‘ljallangan dastur ham bor. Unda MDH, Xitoy, Hindiston, Janubi-Sharqiy Osiyo, Yaqin Sharq, Lotin Amerikasi va Afrika mamlakatlaridan 200 dan ortiq xaridor ishtirok etishi kutilmoqda. Dasturda qatnashish shartlari kongress saytida keltirilgan.

Tashkilotchilar ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilgi kongress doirasida 8 mingdan ortiq B2B uchrashuv o‘tkazilgan. Ishtirokchilarning qariyb 70%ni rahbarlar va biznes bo‘yicha qaror qabul qiluvchi shaxslar tashkil etgan.

MGMC 2026 dasturida yangi bozorlarga chiqish, investitsiyalarni jalb qilish, raqamli texnologiyalar, sun’iy intellektdan foydalanish va biznes rentabelligini oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Mosturizm bosh direktorining ishbilarmonlik turizmini rivojlantirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Anastasiya Popovaning aytishicha, kongress O‘zbekiston va Rossiya kompaniyalari o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish hamda xalqaro tajriba almashish uchun maydon bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda yo‘lovchilar uchun bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish soddalashtirilishi mumkin
/
O‘zbekistonda yo‘lovchilar uchun bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish soddalashtirilishi mumkin
O‘zbekistonda eksport yuk tashuvlariga talab 29% ga oshdi
/
O‘zbekistonda eksport yuk tashuvlariga talab 29% ga oshdi
Beeline’ni boshqaruvchi kompaniya Perfectum mobil operatorini $207 mln evaziga sotib oldi
/
Beeline’ni boshqaruvchi kompaniya Perfectum mobil operatorini $207 mln evaziga sotib oldi