O‘zbekistonda eksport yuk tashuvlariga talab 29% ga oshdi

Uchinchi chorakda eksport tashuvlari tariflari ham yillik hisobda 10% ga ko‘tarildi

O‘zbekistonda eksport yuk tashuvlariga talab 29% ga oshdi

2026-yilning uchinchi choragida O‘zbekistondan xorijiy mamlakatlarga avtomobil orqali yuk tashishga talab o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 29% ga oshdi. Bu haqda ATI.SU logistika platformasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Yanvar–sentabr oylarida eksport yuk tashuvlari bo‘yicha buyurtmalar soni 11% ga ko‘paydi. O‘sish yilning uchala choragida ham kuzatildi. Eng sezilarli o‘sish Belarus yo‘nalishida qayd etilib, bu mamlakatga yuk yetkazib berishga talab 80% ga oshdi. Rossiya yo‘nalishida esa ko‘rsatkich 26% ga ko‘tarildi.

Shu bilan birga, uchinchi chorakda eksport yuk tashuvlari tariflari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10% ga oshdi.

Import yuk tashuvlariga talab ham oshdi

Yanvar–sentabr oylarida xorijiy mamlakatlardan O‘zbekistonga yuk tashishga talab 16% ga ko‘paydi. Biroq uchinchi chorakda buyurtmalar soni 2025-yilning shu davriga nisbatan 8% ga kamaydi.

Iyul va avgust oylarida talab pasaygan bo‘lsa, sentabrda 39% ga o‘sish qayd etildi. Rossiyadan yuk tashish bo‘yicha sentabr oyidagi buyurtmalar soni 47% ga oshdi. Shunga qaramay, uchinchi chorak yakunida Rossiya yo‘nalishidagi buyurtmalar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4% ga kam bo‘ldi.

Import yuk tashuvlari tariflari esa uchinchi chorakda yillik hisobda 2% ga oshib, deyarli o‘zgarishsiz qoldi.

Ichki yuk tashuvlari faollashdi

O‘zbekiston ichidagi yuk tashuvlari bo‘yicha ham faollik oshdi. Uchinchi chorakda mamlakat ichida yuk tashish uchun berilgan buyurtmalar soni ikkinchi chorakka nisbatan 12% ga ko‘paydi.

ATI.SU bu o‘sishni, jumladan, platformadan foydalanayotgan o‘zbekistonlik yuk egalari va tashuvchilar sonining ortishi bilan izohlaydi. Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ular qo‘lda bajariladigan jarayonlardan raqamli xizmatlarga o‘tmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Beeline’ni boshqaruvchi kompaniya Perfectum mobil operatorini $207 mln evaziga sotib oldi
/
Beeline’ni boshqaruvchi kompaniya Perfectum mobil operatorini $207 mln evaziga sotib oldi
O‘zbekiston kosmosni tadqiq etish bo‘yicha “Artemida” kelishuvlariga qo‘shildi
/
O‘zbekiston kosmosni tadqiq etish bo‘yicha “Artemida” kelishuvlariga qo‘shildi
O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlarining jami kapitali bir yilda 56,6% ga oshdi
/
O‘zbekistonda mikromoliya tashkilotlarining jami kapitali bir yilda 56,6% ga oshdi