Qashqadaryoda sanoat klasterlari infratuzilmasiga 250 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

Yil oxirigacha viloyatning beshta tumanida oltita sanoat klasteri tashkil etiladi

Qashqadaryoda sanoat klasterlari infratuzilmasiga 250 mlrd so‘m yo‘naltiriladi

Qashqadaryo viloyatida yil oxirigacha oltita sanoat klasterini tashkil etish va “Qashqadaryo” erkin iqtisodiy zonasining filiallarini ochish rejalashtirilmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Klasterlar G‘uzor, Shurtan, Muborak, Dehqonobod va Nishon tumanlarida tashkil etiladi. Erkin iqtisodiy zonaning filiallari esa Shurtan, Muborak, Yakkabog‘ va Kasbi tumanlarida ochiladi. Zarur infratuzilmani rivojlantirish uchun dastlab 250 mlrd so‘m ajratiladi.

 

Qishloq xo‘jaligi texnikalarini mahalliylashtirishga ham alohida e’tibor qaratiladi. Zamonaviy traktorlar va boshqa qishloq xo‘jaligi texnikalari yig‘iladigan FM World korxonasida agrodrонlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Chorvachilik majmualari tashkil etiladi

Nishon, G‘uzor, Muborak, Ko‘kdala, Kasbi, Mirishkor, Qamashi va Dehqonobod tumanlarining har birida 10 ming bosh qoramol va 50 ming bosh mayda shoxli chorva uchun mo‘ljallangan chorvachilik majmualarini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Aholiga import qilingan chorva mollarini sotishda qo‘shilgan qiymat solig‘ining nol stavkasi qo‘llanadi.

Shuningdek, G‘uzor tumanida 10 ming gektar yer qishloq xo‘jaligi muomalasiga kiritiladi. Maydonning yarmida paxta, qolgan qismida esa ozuqa ekinlari yetishtirish rejalashtirilgan.

Yerlar dehqonlarga beriladi, ishlar esa klaster tizimi asosida tashkil etiladi.

Yerlarni xo‘jalik muomalasiga kiritish uchun bir hafta ichida imtiyozlar paketini ishlab chiqish topshirildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Uzbekistan GTL” zavodida umumiy qiymati $300 mln bo‘lgan uchta yirik loyiha amalga oshiriladi
/
“Uzbekistan GTL” zavodida umumiy qiymati $300 mln bo‘lgan uchta yirik loyiha amalga oshiriladi
“Xalq Sug‘urta” ning 100% aksiyasi Davaktivga o‘tkazildi
/
“Xalq Sug‘urta” ning 100% aksiyasi Davaktivga o‘tkazildi
Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Laylo Aliyeva va Oʻgʻuljahon Atabayeva bilan uchrashdi
/
Saida Mirziyoyeva Ashxobodda Laylo Aliyeva va Oʻgʻuljahon Atabayeva bilan uchrashdi