Way II investorlariga dividendlar to‘lab berildi
Kompaniya investorlar oldidagi majburiyatlarini muntazam bajarib, tasdiqlangan grafik asosida navbatdagi dividend to‘lovini amalga oshirmoqda
3-sentabr kuni Akfa Aluminium Group kompaniyasiga investitsiya kiritgan Way II hamkorlariga 2026-yilning birinchi yarim yilligi uchun dividend to‘lovlari amalga oshirildi.
Kompaniya investorlar oldidagi majburiyatlarini muntazam bajarib, tasdiqlangan grafik asosida navbatdagi dividend to‘lovini amalga oshirmoqda. Bu esa Way II investitsiya mahsulotlarining barqarorligi va daromadliligini namoyon etib, investorlarning kompaniyaga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.
Way II investitsiya kompaniyasi investorlar uchun imkoniyatlarni muntazam kengaytirib, investitsiya jarayonini yanada qulay va shaffof qilishga intilmoqda. 2026-yilda kompaniya investitsiya mahsulotlari qatorini kengaytirib, ota-onalarga farzandining kelajagi uchun kapital shakllantirish imkonini beruvchi yangi Kids Capital paketini taqdim etdi.
2026-yil 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Way II kompaniyasini investitsiya platformalari yo‘nalishi bo‘yicha “Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Har bir yangi investitsiya raundi bilan Way II investorlarining soni ham ortib bormoqda. Bugungi kunda kompaniyaga 1 100 nafardan ortiq investor ishonch bildirgan va ularning soni yildan-yilga oshib bormoqda.
Investorlar uchun dividendlarni olish jarayoni
Hisoblangan dividend summasi bilan Way Invest mobil ilovasi orqali tanishish mumkin. Shuningdek, ilova orqali:
- mablag‘larni milliy valyutadagi debet kartaga yechib olish;
- dividendlarni qayta investitsiya qilib, kapitalni yanada oshirish mumkin.
Nima uchun investorlar Way II’ni tanlamoqda?
Investitsiya uchun minimal mablag‘ miqdori taxminan 13 mln so‘mni tashkil etadi. Bu esa xususiy investorlarning keng doirasi uchun investitsiya imkoniyatidan foydalanish imkonini beradi. Yillik prognoz qilinadigan daromadlilik 10–15%ni tashkil etadi va AQSh dollari ekvivalentida hisoblanadi. Way II investitsiya modelida valyuta xatarlaridan himoyalanish mexanizmi ham ko‘zda tutilgan. Mablag‘ so‘mda kiritilganidan so‘ng, investitsiya dollardagi qiymatga bog‘lanadi. Shu sababli 10–15 %lik prognoz qilinadigan daromadlilik ham AQSh dollari ekvivalentida belgilanadi.
Way II mahsulotlari Islamic Finance Consulting Board tomonidan sertifikatlangan bo‘lib, islomiy moliyalashtirish tamoyillariga mos keladi. Ya’ni investitsiyalar taqiqlangan iqtisodiyot tarmoqlari va noqonuniy faoliyat yo‘nalishlariga kiritilmaydi.
Ishonchlilik va barqarorlik.
Way II bir nechta investitsiya raundlarini muvaffaqiyatli yakunlab, investorlar orasida yuqori darajadagi ishonchni shakllantirib kelmoqda.
Shaffoflik.
Barcha moliyaviy operatsiyalarni Way Invest mobil ilovasi orqali real vaqt rejimida kuzatish mumkin.
Eslatma:
Investitsiyalar yuqori darajadagi xatarlar bilan bog‘liq bo‘lishi va kiritilgan mablag‘larning qisman yoki to‘liq yo‘qotilishiga olib kelishi mumkin. Investitsiya to‘g‘risida qaror qabul qilishda mavjud xatarlarni hisobga olish zarur.
Manzil: Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1
Telefon: +998 (78)−555−55−55
Sayt: wayll.uz
Facebook: @Way ll Group
Instagram: @way_ll_group
Telegram: @wayllgroup
LinkedIn: @wayllgroup
YouTube: @Way_ll_Group
Twitter: @way_ll_group
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ