Vyetnam xorijliklar uchun majburiy elektron ro‘yxatdan o‘tish tizimini joriy etdi

Chegarani kesib o‘tishning yangi qoidalari joriy yilning 22-iyunidan kuchga kiradi

Vyetnam xorijliklar uchun majburiy elektron ro‘yxatdan o‘tish tizimini joriy etdi

Vyetnamning Immigratsiya xizmati mamlakatga kirib kelayotgan barcha xorijiy fuqarolar uchun oldindan ma’lumotlarni deklaratsiya qilish (Pre-Arrival Information) tartibini tasdiqladi. Bu haqda Uzbekistan Airways matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur talab barcha aviakompaniyalar yo‘lovchilariga, jumladan, 23-iyun kuni O‘zbekistondan HY561 reysi bilan jo‘nab ketayotgan yo‘lovchilarga ham tatbiq etiladi.

Sayohatchilar parvozdan avval o‘z ma’lumotlarini Pre-Arrival Information portali orqali kiritishlari kerak.

Ro‘yxatdan o‘tish jarayoni Vyetnam aeroportida pasport nazoratidan o‘tishdan kamida 72 soat oldin amalga oshirilishi lozim.

Elektron anketa muvaffaqiyatli to‘ldirilgach, maxsus kod shakllantiriladi. Ushbu kodni mobil qurilmaga saqlab qo‘yish yoki qog‘ozga chop etish va keyinchalik chegara xizmati xodimlariga taqdim etish talab etiladi.

Avvalroq Tailand 15-iyuldan O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qilgandi. Xususan, 93 davlat fuqarolari uchun amal qilayotgan 60 kunlik vizasiz rejim amal qilmaydi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda uran ishlab chiqarish hajmi 2030-yilgacha ikki baravar oshiriladi
/
O‘zbekistonda uran ishlab chiqarish hajmi 2030-yilgacha ikki baravar oshiriladi
Kommunal tariflar oshishi Markaziy bankning asosiy stavka bo‘yicha qaroriga ta’sir ko‘rsatgan
/
Kommunal tariflar oshishi Markaziy bankning asosiy stavka bo‘yicha qaroriga ta’sir ko‘rsatgan
Toshkentda Investitsiyalar vazirligining binosi 287,1 mlrd so‘mga sotildi
/
Toshkentda Investitsiyalar vazirligining binosi 287,1 mlrd so‘mga sotildi