O‘zbekistonda 9 oyda ipoteka kreditlari hajmi 20,9 trln so‘mga yetdi

ipoteka bo‘yicha subsidiyalarga 1,2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi

O‘zbekistonda 9 oyda ipoteka kreditlari hajmi 20,9 trln so‘mga yetdi

2026-yilning yanvar–sentabr oylarida O‘zbekistonda ipoteka dasturi doirasida fuqarolarga jami 20,9 trln so‘mlik kreditlar ajratildi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2026-yil uchun belgilangan 23 trln so‘mlik dastur parametrining 91 foiziga teng. Ajratilgan kreditlar hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 5,9 trln so‘mga yoki 39% ga oshgan.

Hisobot davrida jami 67 598 nafar fuqaro ipoteka kreditlaridan foydalangan.

Kreditlarning asosiy qismi davlat budjeti hisobidan ajratilgan

Yanvar–sentabr oylarida ajratilgan 20,9 trln so‘mlik ipoteka kreditlarining 12,8 trln so‘mi davlat budjeti, 6,1 trln so‘mi tijorat banklari, yana 2 trln so‘mi esa kompaniyalar mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilgan.

Uy-joy bozoridagi kreditlash tarkibida birlamchi bozor asosiy ulushni egallagan. Xususan, yangi uy-joylarni sotib olish uchun 15,5 trln so‘m ipoteka krediti ajratilgan. Birlamchi uy-joy bozoridagi bitimlar soni 2025-yilning yanvar–sentabr oylaridagi 37 mingta ko‘rsatkichdan 2026-yilning mos davrida 49,8 mingtaga yetgan.

Ikkilamchi uy-joy bozoriga yo‘naltirilgan ipoteka kreditlari hajmi esa 5,2 trln so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 28% ko‘p.

Subsidiya to‘lovlari 1,2 trln so‘mdan oshdi

Ipoteka dasturi doirasida 2026-yil 1-oktabr holatiga jami 1 208,1 mlrd so‘m subsidiya to‘langan.

Uning 800,3 mlrd so‘mi ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz to‘lovlarini qoplashga yo‘naltirilgan. Qolgan 407,8 mlrd so‘m esa uy-joy sotib olish uchun boshlang‘ich badal to‘lovlarini qoplash maqsadida 13 722 nafar fuqaroga ajratilgan.

Shunday qilib, subsidiya mablag‘larining qariyb 66 foizi kredit foizlarini qoplashga, 34 foizi esa boshlang‘ich badal to‘lovlariga yo‘naltirilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda texnogen ofatlar oqibatida yetkazilgan zarar uchun 220 mln so‘mgacha kompensatsiya to‘lanadi
/
O‘zbekistonda texnogen ofatlar oqibatida yetkazilgan zarar uchun 220 mln so‘mgacha kompensatsiya to‘lanadi
O‘zbekiston sentabr oyida oltin xarid qilgan eng yirik uchta mamlakat qatoridan joy oldi
/
O‘zbekiston sentabr oyida oltin xarid qilgan eng yirik uchta mamlakat qatoridan joy oldi
Shveysariya Alisher Usmonov va Mixail Fridmanlarga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi
/
Shveysariya Alisher Usmonov va Mixail Fridmanlarga nisbatan sanksiyalarni bekor qildi