Tailand 15-iyuldan O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qiladi

Mamlakatga kirish uchun vizani onlayn platforma orqali rasmiylashtirish talab etiladi

Tailand 15-iyuldan O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qiladi

2026-yil 15-iyuldan boshlab O‘zbekiston fuqarolari Tailandga kirish uchun yana viza rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, Tailand hukumati vizasiz kirish tartibi hamda kelganda rasmiylashtiriladigan viza — Visa on Arrival (VoA) tizimiga o‘zgartirishlarni ma’qullagan. Yangi tartibga ko‘ra, O‘zbekistonni ham o‘z ichiga olgan 93 davlat fuqarolari uchun amal qilayotgan 60 kunlik vizasiz rejim bekor qilinadi.

Qaror hukumatning rasmiy nashri — Royal Gazette’da e’lon qilinganidan 15 kun o‘tib kuchga kiradi. Hujjat kelasi hafta chop etilishi kutilmoqda.

Yangi tartibga muvofiq, O‘zbekiston fuqarolari endilikda Tailand hududiga vizasiz kira olmaydi. Mamlakatga kirish ruxsatnomasini olish uchun ariza Thailand e-Visa platformasi orqali onlayn tarzda topshirilishi kerak bo‘ladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Mustaqillik kuni munosabati bilan davlat xizmatchilari qatorida Allamjonov, Qudratov va Umrzoqov mukofotlandi
/
Mustaqillik kuni munosabati bilan davlat xizmatchilari qatorida Allamjonov, Qudratov va Umrzoqov mukofotlandi
1-sentabrdan O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshadi
/
1-sentabrdan O‘zbekistonda yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar oshadi
Surxondaryoda Xitoy kompaniyalariga $10 mlrdlik 95 ta loyiha taqdim etildi
/
Surxondaryoda Xitoy kompaniyalariga $10 mlrdlik 95 ta loyiha taqdim etildi