UzSungwoo’dagi davlat ulushi 585,8 mlrd so‘mga sotildi

34 daqiqalik auksion savdolarida aktivning qiymati boshlang‘ich bahodan 50% ga oshib, xaridor sifatida Roodell kompaniyasi g‘olib bo‘ldi

UzSungwoo’dagi davlat ulushi 585,8 mlrd so‘mga sotildi

“UzSungwoo” qo‘shma korxonasining 50% davlat ulushi avtomobil distribyutori bo‘lgan “Roodell” kompaniyasiga 585,8 mlrd so‘mga sotildi. Bu haqdagi ma’lumotlar E-auksion elektron savdo platformasida e’lon qilindi.

Savdo jarayoni qariyb 34 daqiqa davom etdi. Shu vaqt ichida aktivning 390,5 mlrd so‘mlik boshlang‘ich bahosi 1,5 barobarga oshdi. Xarid bosqichma-bosqich to‘lov sharti asosida rasmiylashtirilgan bo‘lib, lot holati hozirda mablag‘lar kelib tushishini kutish bosqichida turibdi.

Korxonaning yangi egasi yengil avtomobillar va avtotransport vositalarining ulgurji savdosiga ixtisoslashgan “Roodell” kompaniyasi bo‘ldi.

Savdo shartlariga ko‘ra, yangi mulkdor korxonaning amaldagi ishlab chiqarish yo‘nalishini kamida 10 yil davomida saqlab qolishi shart. Zavod uskunalarini yangilash yoki sotish bilan bog‘liq har qanday operatsiyalar “O‘zavtosanoat” AJ bilan majburiy ravishda kelishilishi lozim. Bundan tashqari, investor amaldagi litsenziya kelishuvlari va “General Motors” korporatsiyasi texnologiyalaridan foydalanishga doir cheklovlarga rioya etish majburiyatini ham zimmasiga oladi.

Davlat reyestri ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur yuridik shaxs 2012-yil may oyida tashkil etilgan. Korxonaning ustav fondi 220,22 mln so‘mni tashkil etadi. Kompaniyaga Daniyar Davletiyarov rahbarlik qiladi va u 33,3% ulushga ega. Qolgan ulushlar Mirbahrom Asrorov (33,4%) hamda Murod-Mirza Sharipov (33,3%) o‘rtasida taqsimlangan.

Avvalroq Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Farg‘onadagi “UzSungwoo” korxonasining 50% ulushini qariyb 397 mlrd so‘mlik balans qiymatida takroran savdoga qo‘ygan edi. 2025-yil oktabr holatiga ko‘ra, ming nafardan ortiq xodim ishlaydigan ushbu zavodning sof foydasi 146,5 mlrd so‘mdan oshgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonning davlat qarzi $47 mlrdga yaqinlashdi
/
O‘zbekistonning davlat qarzi $47 mlrdga yaqinlashdi
O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 406,4 trln so‘mdan oshdi
/
O‘zbekistonda bozor xizmatlari hajmi 406,4 trln so‘mdan oshdi
TBC Uzbekistan 4000+ kishi uchun ta’lim tizimini qanday yaratdi
/
TBC Uzbekistan 4000+ kishi uchun ta’lim tizimini qanday yaratdi