Toshkent shahrida o‘rtacha ish haqi 12,3 mln so‘mga yetdi

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha ish haqi bank, sug‘urta, lizing va kredit faoliyati sohasida qayd etilgan

Toshkent shahrida o‘rtacha ish haqi 12,3 mln so‘mga yetdi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 7,27 mln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18% ga ko‘p. Hisob-kitobda qishloq xo‘jaligi korxonalari va kichik biznes subyektlari inobatga olinmagan.

Hududlar kesimida eng yuqori o‘rtacha ish haqi Toshkent shahrida qayd etilib, 12,3 mln so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,3% ga ko‘p.

Keyingi o‘rinlarda Navoiy viloyati — 8,82 mln so‘m va Toshkent viloyati — 6,89 mln so‘m bilan qayd etildi. Ushbu hududlarda ish haqi mos ravishda 15,5% va 19,1% ga oshgan.

Buxoro viloyatida o‘rtacha ish haqi 5,84 mln so‘mni, Andijonda 5,77 mln so‘mni, Sirdaryoda 5,74 mln so‘mni tashkil etdi. Qoraqalpog‘iston Respublikasida bu ko‘rsatkich 5,68 mln so‘m, Xorazm viloyatida 5,62 mln so‘m bo‘ldi.

Jizzax viloyatida o‘rtacha ish haqi 5,51 mln so‘mga yetib, 19,8% ga oshdi. Namangan viloyatida esa ish haqi 5,4 mln so‘mni tashkil etdi. Hududlar orasida eng yuqori o‘sish sur’ati ham Namanganda qayd etilib, 20,3% ga teng bo‘ldi.

Farg‘ona viloyatida o‘rtacha ish haqi 5,38 mln so‘m, Samarqandda 5,37 mln so‘m, Surxondaryoda 4,99 mln so‘m va Qashqadaryoda 4,97 mln so‘mni tashkil etdi.

Qaysi sohalarda maosh yuqori?

Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha ish haqi bank, sug‘urta, lizing va kredit faoliyati sohasida qayd etildi. Ushbu yo‘nalishda ko‘rsatkich 19,71 mln so‘mni tashkil qilib, bir yil ichida 17,8% a oshdi.

Axborot va aloqa sohasida o‘rtacha ish haqi 17,01 mln so‘mga yetdi. Yillik o‘sish 13% ni tashkil etdi.

Tashish va saqlash sohasida, ya’ni logistika yo‘nalishida o‘rtacha ish haqi 11,27 mln so‘m bo‘ldi. Mazkur tarmoqda ish haqi o‘sishi 19,8% ni tashkil etib, sohalar orasida eng yuqori ko‘rsatkichlardan biri qayd etildi.

Sanoatda o‘rtacha ish haqi 8,37 mln so‘mga yetib, 14,4% ga oshdi. Savdo sohasida bu ko‘rsatkich 7,69 mln so‘mni, qurilishda 7,14 mln so‘mni tashkil etdi. Ushbu tarmoqlarda o‘sish mos ravishda 11% va 16,8% bo‘ldi.

San’at, ko‘ngil ochish va dam olish sohasida o‘rtacha ish haqi 5,73 mln so‘m, yashash va ovqatlanish xizmatlarida 5,36 mln so‘mni tashkil etdi.

Ta’lim sohasida o‘rtacha ish haqi 5,02 mln so‘mga yetib, 19,6% ga oshdi. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida esa ko‘rsatkich 4,45 mln so‘mni tashkil qilib, yillik o‘sish 18,2% ga teng bo‘ldi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda aksiya va chegirmalarni QR-kod orqali nazorat qilish taklif etilmoqda
/
O‘zbekistonda aksiya va chegirmalarni QR-kod orqali nazorat qilish taklif etilmoqda
Bank tizimida muammoli kreditlar ulushi 3,8% ni tashkil etmoqda — MB
/
Bank tizimida muammoli kreditlar ulushi 3,8% ni tashkil etmoqda — MB
O‘zbekistonda $1 mlrdlik 330 ta farmatsevtika korxonasi ishga tushirildi
/
O‘zbekistonda $1 mlrdlik 330 ta farmatsevtika korxonasi ishga tushirildi