“Kaspi” kompaniyasi O‘zbekistonga pul o‘tkazish xizmatini yo‘lga qo‘ydi
Bunga qadar faqat Visa va Mastercard kartalaridan foydalanilgan
Фото: Reuters
Qozog‘istonning “Kaspi kz” fintech xizmati O‘zbekistonning Uzcard va Humo to‘lov tizimlari kartalariga pul o‘tkazish imkoniyatini yo‘lga qo‘ydi
Bunga qadar Qozog‘istondan O‘zbekistonga faqat Visa va Mastercard kartalariga pul jo‘natish mumkin edi. Endilikda “Kaspi kz” super ilovasida karta raqamini ko‘rsatish kifoya, qabul qiluvchining ismi avtomatik ravishda ko‘rsatiladi.
Yanvar oyi oxirida “Kaspi kz” fintech xoldingi Turkiyaning “Hepsiburada” marketpleysini sotib olgandi, va kompaniyaning 65,41% ulushga ega bo‘ldi. Bitim kompaniyalarning brendlari va operatsion tuzilmalariga ta’sir qilmaydi.
Noyabr oyida esa kompaniya “Humo”ni xususiylashtirishda ishtirok etishdan voz kechgandi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ