“Kaspi” Turkiyaning “Hepsiburada” kompaniyasini sotib olish jarayonini yakunladi

Shuningdek, har ikki brend nomlari saqlanib qolinadi

“Kaspi” Turkiyaning “Hepsiburada” kompaniyasini sotib olish jarayonini yakunladi

Fintech-xolding kompaniyasi “Kaspi” Turkiyaning “Hepsiburada” marketpleysini sotib olish bo‘yicha bitimni rasman yakunladi. Bu haqda 29-yanvar kuni AIX veb-saytida e’lon qilingan kompaniya ma’lumotlaridan ma’lum bo‘ldi.

Turkiya marketpleysini sotib olish shartnomasi 2024-yil 17-oktyabr kuni “Kaspi” va asosiy aksiyadorlar guruhi o‘rtasida imzolangan. Sotuvchilar orasida platforma asoschisi va nazorat qiluvchi aksiyador Xanzade Dogan, shuningdek, Vuslat Dogan Sabandji, Begum Dogan Faraliali, Arzuxon Dogan Yalchindag va Ishil Dogan bor. Shuningdek, bitimning narxi taxminan $1,13 mlrdni tashkil qilgan.

“Kaspi” va “Hepsiburada” o‘z brendlari hamda operatsion tuzilmalari saqlab qoladi», — deyiladi fintex-xolding bayonotida.

Ushbu bitim natijasida “Kaspi” 2025-yil 29-yanvardan boshlab “Hepsiburada” ning nazorat qiluvchi aksiyadoriga aylandi. Fintech-xolding “Hepsiburada” aksiyadorlik kapitalining 65,41% ulushini sotib oldi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekiston bank tizimida 1 kvadrillion so‘mlik aktiv to‘plandi
/
O‘zbekiston bank tizimida 1 kvadrillion so‘mlik aktiv to‘plandi
Centrum Holding 2027-yil boshida IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda
/
Centrum Holding 2027-yil boshida IPO o‘tkazishni rejalashtirmoqda
“Kapital sug‘urta” litsenziyasi 10 kunga to‘xtatildi
/
“Kapital sug‘urta” litsenziyasi 10 kunga to‘xtatildi