O‘zbekiston va Afg‘oniston yuk tashuvchilar uchun soliqlarni o‘zaro kamaytirishni rejalashtirmoqda

Ikki davlat vakillari 10-avgustgacha qo‘shma komissiya yig‘ilishini o‘tkazib, xarajatlarini qisqartirish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqadi

O‘zbekiston va Afg‘oniston yuk tashuvchilar uchun soliqlarni o‘zaro kamaytirishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston va Afg‘oniston og‘ir yuk avtomobillari haydovchilari uchun undiriladigan yig‘imlarni o‘zaro tenglik tamoyili asosida qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

26-iyul kuni transport vaziri Ilhom Mahkamov Kobul shahrida Afg‘oniston transport va aviatsiya vaziri Muhammad Fazil Mazlum bilan uchrashdi. Muzokaralarning asosiy mavzusi logistika sharoitlarini yaxshilash va transchegaraviy yuk tashuvlarini rivojlantirish bo‘ldi.

Uchrashuvda Afg‘oniston hududida o‘zbekistonlik logistika kompaniyalaridan undirilayotgan yig‘imlarni kamaytirish masalasi muhokama qilindi. Tomonlar moliyaviy xarajatlarni o‘zaro qisqartirish imkoniyatlarini o‘rganish uchun qo‘shma komissiya tashkil etishga kelishib oldi.

Shuningdek, yaqin kunlarda Afg‘onistonning tegishli davlat idoralari ishtirokida qo‘shimcha maslahatlashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ularning asosiy maqsadi xalqaro avtomobil tashuvchilari duch kelayotgan mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishdan iborat.

Kapital.uz avvalroq O‘zbekiston va Afg‘oniston vakillari Kobulda qo‘shma logistika korxonasini tashkil qilgani haqida xabar bergandi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Shveysariya sudi “Lombard Odier”ni Gulnora Karimova ishi bo‘yicha $3,68 mlnlik jarimaga tortdi
/
Shveysariya sudi “Lombard Odier”ni Gulnora Karimova ishi bo‘yicha $3,68 mlnlik jarimaga tortdi
Raqobat qo‘mitasi “Tashabbusli budjet”da pullik ovoz berish reklamasiga qarshi kurashni boshladi
/
Raqobat qo‘mitasi “Tashabbusli budjet”da pullik ovoz berish reklamasiga qarshi kurashni boshladi
Adliya vazirligi eskrou tizimi uy-joy narxlarini oshirishi mumkinligini ta’kidladi
/
Adliya vazirligi eskrou tizimi uy-joy narxlarini oshirishi mumkinligini ta’kidladi