TXMM ishtirokchilari uchun qoidabuzarliklar bo‘yicha $10 mlngacha jarima joriy etildi

Shuningdek, markazning boshqaruv organlari har yili faoliyatining shaffofligi bo‘yicha hisobot e’lon qilishi shart bo‘ladi

TXMM ishtirokchilari uchun qoidabuzarliklar bo‘yicha $10 mlngacha jarima joriy etildi

O‘zbekistonda Toshkent xalqaro moliya markazi (TXMM)ning maqomi va maxsus huquqiy rejimini belgilovchi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining Huquqiy axborot kanali xabar berdi.

Yangi qonun shakllantirilayotgan maxsus hududdagi huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan. Markazning dastlabki hududiy chegaralari Prezidentning alohida farmoni bilan belgilanadi. Markaz tomonidan qabul qilinadigan barcha qarorlar kuchga kirishidan oldin maxsus rasmiy reyestrda majburiy tartibda e’lon qilinishi lozim.

Belgilangan talablarni buzgan yoki noqonuniy tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirgan rezidentlarga moliyaviy jarimalar qo‘llaniladi. Jarimaning eng yuqori miqdori $10 mlnni yoki qoidabuzarlik sodir etilgan bitim qiymatining 10%igacha bo‘lgan summani tashkil etishi mumkin.

TXMM tarkibiga markaz ma’muriyati, Kengash, Moliyaviy xizmatlar boshqarmasi hamda Toshkent xalqaro tijorat sudi kiradi. Ushbu organlarning har biri moliyaviy yil yakunlanganidan keyin to‘rt oy ichida shaffoflik bo‘yicha yillik hisobotni e’lon qilishi shart.

Markaz hududida ish yuritishning rasmiy tili etib ingliz tili belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilinganidan 10 kun o‘tib kuchga kiradi.

Avvalroq, 10-iyul kuni Prezident “Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonunni imzolagandi. Markaz ingliz huquqi tamoyillari asosida faoliyat yuritadi.

Loyiha doirasida xalqaro standartlarga mos mustaqil sud va alohida tartibga solish tizimi joriy etilishi ko‘zda tutilgan. Bu investorlar manfaatlarini ishonchli himoya qilish va ularga odatiy bo‘lgan tijorat nizolarini hal etish mexanizmlarini taqdim etishga xizmat qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Qurilishi tugallanmagan uylarga aholini ko‘chirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda
/
Qurilishi tugallanmagan uylarga aholini ko‘chirganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanmoqda
2027-yildan pensiya hisoblashda ish haqi limiti 6,6 mln so‘mga oshirilishi rejalashtirilmoqda
/
2027-yildan pensiya hisoblashda ish haqi limiti 6,6 mln so‘mga oshirilishi rejalashtirilmoqda
O‘zbekistonda dollar kursi pasayishni boshladi
/
O‘zbekistonda dollar kursi pasayishni boshladi