O‘zbekistonga to‘rt oyda 4 mln nafardan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi

Mamlakatga kelgan turistlar oqimi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan qariyb 30% ga oshdi

O‘zbekistonga to‘rt oyda 4 mln nafardan ortiq xorijiy sayyoh tashrif buyurdi

2026-yilning dastlabki to‘rt oyida O‘zbekistonga dam olish va sayohat maqsadida 4,04 mln nafardan ortiq xorijiy fuqaro tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, mazkur ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 930,8 ming nafarga ko‘p bo‘lib, kiruvchi sayyohlar oqimi 29,9% ga oshgan.

Eng ko‘p sayyoh qo‘shni davlatlardan kelgan. Tashriflar soni bo‘yicha Qirg‘iziston birinchi o‘rinni egallab, mamlakatdan 1,14 mln kishi O‘zbekistonga tashrif buyurgan.

Keyingi o‘rinlarda Tojikiston — 965,4 ming va Qozog‘iston — 935 ming sayyoh bilan qayd etildi.

Shuningdek, Rossiyadan 341,8 ming, Afg‘onistondan 161,5 ming, Xitoydan 132,2 ming hamda Turkmanistondan 108,4 ming nafar sayyoh kelgan.

O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh yuborgan davlatlar o‘ntaligidan Turkiya (57 ming), Hindiston (16 ming) va Janubiy Koreya (12 ming) ham joy oldi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yarim yilda aholining valyuta ayirboshlash operatsiyalari $19,1 mlrdga yetdi
/
Yarim yilda aholining valyuta ayirboshlash operatsiyalari $19,1 mlrdga yetdi
Japarov: Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li yiliga $500 mln daromad keltirishi mumkin
/
Japarov: Xitoy—Qirg‘iziston—O‘zbekiston temiryo‘li yiliga $500 mln daromad keltirishi mumkin
Yarim yilda O‘zbekistonda pul o‘tkazmalarining sof oqimi qariyb $8 mlrdni tashkil etdi
/
Yarim yilda O‘zbekistonda pul o‘tkazmalarining sof oqimi qariyb $8 mlrdni tashkil etdi