Navoiyda $220 mlnlik quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi

Quvvati 300 MVt bo‘lgan stansiya «Navoiyazot» korxonasini qayta tiklanuvchi energiya manbalari hisobidan elektr energiyasi bilan ta’minlaydi

Navoiyda $220 mlnlik quyosh elektr stansiyasi ishga tushirildi

Navoiy viloyatining Karmana tumanida “Navoiyazot” korxonasini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun qiymati $220 mln bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi qurib bitkazildi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha Xitoyning Sinoma kompaniyasi tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobidan amalga oshirilgan. Uning doirasida quvvati 300 MVt bo‘lgan quyosh elektr stansiyasi, shuningdek, quvvati 75 MVt va energiya sig‘imi 75 MVt·soat bo‘lgan elektr energiyasini saqlash tizimi barpo etilgan.

Stansiyada ishlab chiqariladigan elektr energiyasi bevosita “Navoiyazot”ning ishlab chiqarish obyektlariga yetkazib beriladi. Yiliga 657 mln kVt·soatgacha elektr energiyasi ishlab chiqarish kutilmoqda.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, stansiyaning ishlashi yiliga qariyb 175 mln kub metr tabiiy gazni tejash va karbonat angidrid chiqindilarini 377,8 ming tonnaga qisqartirish imkonini beradi.

Energetika vaziri Sherzod Xo‘jayev obyektga tashrifi davomida quyosh elektr stansiyasi, energiya saqlash tizimi hamda korxonaga elektr energiyasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish jarayoni bilan tanishdi.

Loyiha “Navoiyazot”ning energiya ta’minoti manbalarini diversifikatsiya qilish va ishlab chiqarishning an’anaviy energiya resurslariga bog‘liqligini kamaytirishga qaratilgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Buxoro neftni qayta ishlash zavodini $1,8 mlrdga modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda
/
Buxoro neftni qayta ishlash zavodini $1,8 mlrdga modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda
Buxoro yangi aeroporti qurilishi bo‘yicha tenderda Turkiya va Qatar kompaniyalari konsorsiumi g‘olib bo‘ldi
/
Buxoro yangi aeroporti qurilishi bo‘yicha tenderda Turkiya va Qatar kompaniyalari konsorsiumi g‘olib bo‘ldi
Jensen Xuang Nvidia rahbari lavozimidan ketdi
/
Jensen Xuang Nvidia rahbari lavozimidan ketdi