Ko‘p kvartirali uylarni ruxsatsiz qurish uchun 5 yilgacha qamoq jazosi joriy etildi

Yangi qonun bilan qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun hududiy inspeksiyadan ruxsatnoma olish talabi ham belgilandi

Ko‘p kvartirali uylarni ruxsatsiz qurish uchun 5 yilgacha qamoq jazosi joriy etildi

O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarni ruxsatnomasiz qurish uchun javobgarlik kuchaytirildi.

Prezident 28-sentyabrda imzolagan qonun bilan qurilish sohasida davlat nazorati va boshqaruvini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

“Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyalaridan ruxsatnoma olish talab etiladi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, ko‘p kvartirali uylarni qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyalarining ruxsatnomasisiz qurish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

Shuningdek, shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish odam o‘lishiga yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lsa, 5 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilandi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach, kuchga kiradi.

O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uy-joylarni ruxsatsiz qurganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish nazarda tutilgan qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 13-yanvardagi majlisida birinchi o‘qishda qabul qilingandi. Senat tomonidan 9-iyulda ma’qullangandi.

O‘zbekistonda 2026-yil 1-iyundan qurilish sohasida ekologik talablar ham kuchaytirilgandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Tadbirkorlarga futbol klublarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar beriladi
/
Tadbirkorlarga futbol klublarini sotib olish uchun imtiyozli kreditlar beriladi
“O‘zbekiston temir yo‘llari” Hyundai Rotemdan sakkizta tezyurar elektropoyezd sotib oladi
/
“O‘zbekiston temir yo‘llari” Hyundai Rotemdan sakkizta tezyurar elektropoyezd sotib oladi
Dollar qiymati tushishda davom etmoqda
/
Dollar qiymati tushishda davom etmoqda