28.9.2026 | 18:15
Dollar qiymati tushishda davom etmoqda
Markaziy bank 29-sentabr uchun rasmiy valyuta kurslarini e’lon qildi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 29-sentabr uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi kurslarini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollar kursi 18.43 so‘mga tushib, 11806,97 so‘mni tashkil etdi. Yevro esa 52,89 so‘mga arzonlab, 13 430,43 so‘mgacha tushdi.
Boshqa xorijiy valyutalarning belgilangan kurslari quyidagicha:
- funt sterling — 15659,58 so‘m (-10,26);
- Rossiya rubli — 139,86 so‘m (-0,48;
- Xitoy yuani — 1 754,41 so‘m (-14,53);
- Yaponiya iyenasi — 75,22 so‘m (+0,18);
- Qozog‘iston tengesi — 26,78 so‘m (+0,07).
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ