Qurilish sohasiga kiritilgan xorijiy investitsiya va kreditlar 27,2 trln so‘mga yetdi
Olti oyida qurilish sohasiga yo‘naltirilgan mablag‘lar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,4 baravar oshdi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston qurilish sohasiga 27,2 trln so‘mlik xorijiy investitsiya va kreditlar yo‘naltirildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qurilish sohasining ulushi mamlakat asosiy kapitaliga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlarning 10,5% ini tashkil etdi. Yanvar–iyun oylarida ushbu ko‘rsatkich 259 trln so‘mga teng bo‘lgan.
O‘tgan yilning mos davrida qurilish sohasiga 11,2 trln so‘m xorijiy investitsiya va kreditlar yo‘naltirilgan edi. Shu tariqa, bir yil ichida ko‘rsatkich 2,4 baravarga oshgan.
Qurilishga xorijiy mablag‘lar hajmi keskin oshgan
So‘nggi yillarda qurilish sohasiga jalb qilingan xorijiy mablag‘lar hajmi sezilarli darajada o‘zgarib kelgan.
2022-yilda ushbu ko‘rsatkich 3,2 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2023-yilda 4,4 trln so‘mga yetgan. 2024-yilda esa 15,3 trln so‘mgacha oshgan.
2025-yilda qurilish sohasiga yo‘naltirilgan xorijiy investitsiya va kreditlar hajmi 11,2 trln so‘mgacha kamaygan.
Shu bilan birga, 2026-yilning dastlabki olti oyidayoq ko‘rsatkich 27,2 trln so‘mga yetib, 2025-yil davomida jalb qilingan mablag‘lar hajmidan ikki baravardan ko‘proqqa oshgan.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ