Yuridik shaxslarga ekologik huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar kuchaytirildi

Yangi qonunga ko‘ra, ayrim holatlarda jarimalar zarar miqdorining 10 baravarigacha yetadi

Yuridik shaxslarga ekologik huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar kuchaytirildi

2026-yil 4-may kuni qabul qilingan qonun bilan ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.

Yangi tartibga ko‘ra, tabiatdan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etildi.

Xususan, daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarini mustahkamlash ishlarini amalga oshirish tartibini buzgan yuridik shaxslarga yetkazilgan zarar miqdorining 3 baravari miqdorida jarima qo‘llanadi.

Suvlarni ifloslantirish yoki suv obyektlariga oqova suvlarni chiqarish talablari buzilganda esa, kompensatsiya to‘lovining 10 baravarigacha jarima belgilanadi.

Shuningdek, yuridik shaxslarga tegishli hududlarda daraxtlarni saqlash va muhofaza qilish choralarini ko‘rmaganlik uchun zarar miqdorining 5 baravari miqdorida moliyaviy sanksiyalar qo‘llanadi.

Mazkur qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab 3 oy o‘tib kuchga kiradi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentdagi ayrim bozorlarning sof foydasi 18,2 mlrd so‘mdan oshdi
/
Toshkentdagi ayrim bozorlarning sof foydasi 18,2 mlrd so‘mdan oshdi
Shuhratbek Qurbonov Markaziy bank tizimidagi “Simple Smart Systems” kompaniyasiga rahbar bo‘ldi
/
Shuhratbek Qurbonov Markaziy bank tizimidagi “Simple Smart Systems” kompaniyasiga rahbar bo‘ldi
O‘zbekistonda QQSdan ozod qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati 518 taga yetkazildi
/
O‘zbekistonda QQSdan ozod qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati 518 taga yetkazildi