Rossiyadan O‘zbekistonga gaz importini 10 mlrd kub metrdan oshishi mumkin

Xalqaro energetika agentligi prognoziga ko‘ra, 2026-yilda Rossiyadan quvur orqali yetkazib beriladigan gaz hajmi qariyb 50% ga ko'payadi

Rossiyadan O‘zbekistonga gaz importini 10 mlrd kub metrdan oshishi mumkin

O‘zbekiston 2026-yilda Rossiyadan quvur orqali import qilinadigan tabiiy gaz hajmini sezilarli oshirishi mumkin. Xalqaro energetika agentligi (IEA) prognoziga ko‘ra, kelgusi yilda mamlakatga yetkazib beriladigan gaz hajmi 10 mlrd kub metrdan oshadi.

Agentlikning gaz bozori bo‘yicha hisobotida qayd etilishicha, Rossiya Qozog‘iston hududi orqali o‘tuvchi “Markaziy Osiyo — Markaz” magistral quvur tizimi orqali O‘zbekistonga gaz eksportini bosqichma-bosqich kengaytirmoqda.

Hisobotga ko‘ra, Rossiyadan O‘zbekistonga quvur orqali gaz yetkazib berish hajmi 2025-yildagi 7 mlrd kub metrdan 2026-yilda 10 mlrd kub metrdan ortiq ko‘rsatkichga yetishi kutilmoqda.

Avvalroq yanvar–may oylarida mamlakat $724,7 mlnlik tabiiy gaz import qilgani haqida xabar berilgan. Ko’rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 84,1% ga ko‘p.

Import tarkibida $68,2 mln suyultirilgan gaz (propan) hissasiga to‘g‘ri kelgan. Uning importi bir yil avvalgiga nisbatan 3,3 baravar oshgan.

Yil boshida gaz importi yuqori sur’atlarda boshlangan. Yanvarda import hajmi $167,6 mlnni tashkil etgan bo‘lsa, fevralda $34,6 mlngacha kamaygan. Mart oyida ko‘rsatkich yana $158,3 mlnga, aprelda $147,8 mlnga yetgan. May oyida esa import hajmi yil boshidan buyon eng yuqori darajaga chiqib, $216,4 mlnni tashkil qilgan.

Shu bilan birga, tabiiy gaz eksporti kamayishda davom etgan. Yanvar–may oylarida eksport 29,6% ga qisqarib, $202,9 mlnni tashkil etdi.

Eslatib o’tamiz, iyun oyida Qozog‘iston energetika vaziri Yerlan Akkenjenov Rossiyadan tabiiy gaz xaridini qariyb 70% ga oshirishni rejalashtirayotgani haqida ma’lum qilgandi. Vazirning aytishicha, Qozog‘iston o‘ziga tegishli quvur tarmoqlarini to‘liq tayyorlagan. Hozirda Moskva va Toshkent mazkur masalani mustaqil ravishda muhokama qilmoqda, Ostona esa logistika bo‘yicha kafolat beruvchi tomon sifatida ishtirok etmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Prezident Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
/
Prezident Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Senat ruxsatsiz ko‘p qavatli uy qurganlar uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi
/
Senat ruxsatsiz ko‘p qavatli uy qurganlar uchun javobgarlikni kuchaytiruvchi qonunni ma’qulladi
“O‘zbekneftgaz” dizel yonilg‘isi va mazut ishlab chiqarish bo‘yicha rejalarini bajara olmadi
/
“O‘zbekneftgaz” dizel yonilg‘isi va mazut ishlab chiqarish bo‘yicha rejalarini bajara olmadi