O‘zbekistonda chet el avtomobillarining mamlakatda bo‘lish muddati 180 kungacha uzaytirilishi mumkin

Qonun loyihasida bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash muddatini 60 kundan 120 kungacha uzaytirish ham nazarda tutilgan

O‘zbekistonda chet el avtomobillarining mamlakatda bo‘lish muddati 180 kungacha uzaytirilishi mumkin

Qonunchilik palatasida bojxona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini yanada soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Bu haqda quyi palata matbuot xizmati xabar berdi.

Qonun loyihasi bilan Bojxona kodeksida chet el avtotransport vositalarini O‘zbekiston hududiga olib kirish va olib chiqish tartibini takomillashtirish, ularning mamlakat hududida bo‘lish muddatini 90 kundan 180 kungacha uzaytirish nazarda tutilgan.

Shuningdek, bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash muddatini 60 kundan 120 kungacha uzaytirish, bojxona to‘lovlarini kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashda hisoblanadigan foizlarni Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasiga tenglashtirish taklif etilmoqda.

Hujjat bilan tadbirkorlik subyektlari uchun bosh ta’minot summalarini kamaytirish mexanizmlarini joriy etish ham ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari doirasida arizalar hamda ularga ilova qilinadigan hujjatlarni “Yagona darcha” bojxona axborot tizimi orqali qabul qilish imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutilgan.

Qayd etilishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi tashqi savdo operatsiyalarida ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni qisqartirish, tadbirkorlarning moliyaviy yukini yengillashtirish, bojxona xizmatlari shaffofligi va tezkorligini oshirish hamda mamlakatning investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhitini yaxshilashga xizmat qiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda 25-noyabrdan ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabul qilish qayta boshlanadi
/
O‘zbekistonda 25-noyabrdan ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabul qilish qayta boshlanadi
Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vizaga onlayn yozilish tizimi faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi
/
Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vizaga onlayn yozilish tizimi faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi
Muddatli to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar Markaziy bankda ro‘yxatdan o‘tadi
/
Muddatli to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar Markaziy bankda ro‘yxatdan o‘tadi