Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vizaga onlayn yozilish tizimi faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Bunga tizimga ruxsatsiz kirish holatlari sabab bo‘lgan

Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vizaga onlayn yozilish tizimi faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi

Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vizaga hujjat topshirish uchun onlayn yozilish tizimi faoliyatini ruxsatsiz kirish holatlari bir necha bor kuzatilgani sababli vaqtincha to‘xtatdi. Arizachilardan zarurat bo‘lmasa, hozircha tizim saytiga kirmaslik so‘raldi.

Tizim xavfsizligi tiklanganidan so‘ng bo‘sh sanalar bosqichma-bosqich ochilib, onlayn yozilish qayta yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Ushbu cheklov ikki toifadagi arizachilarga tatbiq etilmaydi. Bular — yashash maqomi to‘g‘risidagi sertifikat (Certificate of Eligibility — COE) egalari hamda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligining verbal notasiga ega bo‘lgan shaxslar. Ular tegishli hujjatlarni ilova qilgan holda elektron pochta orqali qabulga yozilishni so‘rashlari mumkin.

Arizalar visa@ts.mofa.go.jp elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi. Hujjatlar tekshirilganidan so‘ng elchixona arizachiga viza hujjatlarini topshirish sanasini ma’lum qiladi.

Shu bilan birga, elchixona onlayn yozilish imkoni bo‘lmayotgani yuzasidan murojaatlarni telefon yoki elektron pochta orqali qabul qilmasligini bildirdi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Muddatli to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar Markaziy bankda ro‘yxatdan o‘tadi
/
Muddatli to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi tashkilotlar Markaziy bankda ro‘yxatdan o‘tadi
Jensen Huang Nvidia rahbari lavozimiga qayta tiklandi
/
Jensen Huang Nvidia rahbari lavozimiga qayta tiklandi
Toshkent markazida City Palace o‘rnida 41 qavatli mehmonxona qurish taklif qilindi
/
Toshkent markazida City Palace o‘rnida 41 qavatli mehmonxona qurish taklif qilindi