OKMKga davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar uchun moliyaviy jarima qo‘llanildi

Korxonaning qiymati 310 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan davlat xaridlari bo‘yicha qoidabuzarliklari bo'yicha qaror va ko‘rsatma Apellyatsiya kengashi tomonidan o‘z kuchida qoldirildi

OKMKga davlat xaridlaridagi qonunbuzilishlar uchun moliyaviy jarima qo‘llanildi

Raqobat qo‘mitasining Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati AJning 2024–2025-yillardagi davlat xaridlarini o‘rgandi. Natijada korxona tomonidan qiymati 310 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan xaridlarda “Raqobat to‘g‘risida”gi qonun talablari buzilgani aniqlandi.

Gap Angren va Olmaliq shaharlaridagi oshxonalarda xodimlarni davolash-profilaktika taomlari bilan ta’minlash xizmatini tashkil etish bo‘yicha o‘tkazilgan davlat xaridlari haqida bormoqda.

Aniqlangan holatlar yuzasidan Maxsus komissiya tomonidan jamiyatga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Ishni ko‘rib chiqish natijasida “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablari buzilganligi alomatlari bo‘yicha korxonaga moliyaviy jarima qo‘llash haqida qaror qabul qilindi.

Shuningdek, qonunbuzilish holatini bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatma berildi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati Maxsus komissiyaning qarori va ko‘rsatmasidan norozi bo‘lib, apellyatsiya shikoyati kiritdi. Raqobat qo‘mitasining Apellyatsiya kengashi shikoyatni ko‘rib chiqib, hududiy boshqarma tomonidan korxonaga nisbatan qabul qilingan qaror va ko‘rsatmani o‘z kuchida qoldirdi.

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidan ekologik talablarni buzgani uchun 48 mlrd so‘m kompensatsiya to‘lashni talab qilgandi. 

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda chet el avtomobillarining mamlakatda bo‘lish muddati 180 kungacha uzaytirilishi mumkin
/
O‘zbekistonda chet el avtomobillarining mamlakatda bo‘lish muddati 180 kungacha uzaytirilishi mumkin
O‘zbekistonda 25-noyabrdan ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabul qilish qayta boshlanadi
/
O‘zbekistonda 25-noyabrdan ipoteka subsidiyasi uchun arizalar qabul qilish qayta boshlanadi
Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vizaga onlayn yozilish tizimi faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi
/
Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vizaga onlayn yozilish tizimi faoliyatini vaqtincha to‘xtatdi