“Olmaliq KMK”dan ekologik zarar uchun 48 mlrd so‘m jarima undiriladi

Tekshiruvlarda xavfli chiqindilarni noqonuniy saqlash va oqova suvlarni samarasiz tozalash holatlari aniqlangan

“Olmaliq KMK”dan ekologik zarar uchun 48 mlrd so‘m jarima undiriladi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatidan ekologik talablarni buzgani uchun 48 mlrd so‘m kompensatsiya to‘lashni talab qildi, deya xabar berdi qo‘mita matbuot xizmati.

Qo‘mita huzuridagi Davlat ekologik nazorati inspeksiyasi (Ekopolitsiya) Toshkent viloyatidagi kombinat hududida reyd tadbirlarini o‘tkazdi. Korxona faoliyati o‘rganilganda bir qator ekologik talablar buzilishi holatlari aniqlandi.

Xususan, ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan xavfli toifadagi chiqindilar ochiq maydonlarda noqonuniy ravishda to‘planayotgani ma’lum bo‘ldi. Shu bilan birga, ularni saqlash tuproq va yer osti suvlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan kon boshqarmasining ishlab chiqarish jarayonida hosil bo‘ladigan oqova suvlarni tozalash uchun mo‘ljallangan tozalash inshootlarida tozalash ishlari samarasiz amalga oshirilayotgani aniqlandi.

Asbob-uskunalarning eskirganligi va tozalash samaradorligining pastligi sababli oqova suvlar amalda chiqindiga aylanib, Angren daryosiga tashlanmoqda.

Mazkur qonunbuzilish holatlari yuzasidan korxonaga nisbatan 48 mlrd so‘m miqdorida qo‘shimcha tovon puli tayinlandi. Shuningdek, 20 banddan iborat bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Yil oxirigacha AES birinchi energobloki reaktor binosi poydevorini betonlash yakunlanadi
/
Yil oxirigacha AES birinchi energobloki reaktor binosi poydevorini betonlash yakunlanadi
2027-yildan davlat mablag‘lari hisobidan qurilish xarajatlarini hisoblash tartibi o‘zgaradi
/
2027-yildan davlat mablag‘lari hisobidan qurilish xarajatlarini hisoblash tartibi o‘zgaradi
Toshkent viloyatida $200 mlnlik sanoat texnoparki tashkil etiladi
/
Toshkent viloyatida $200 mlnlik sanoat texnoparki tashkil etiladi