O‘zbekistonda aviakompaniyalar reyslar kechikkani uchun majburiy kompensatsiya to‘lashi mumkin

Bir yil ichida aviakompaniyalar xizmatlari bo‘yicha yo‘lovchilardan kelib tushgan murojaatlar soni 4,1 baravarga oshgan

O‘zbekistonda aviakompaniyalar reyslar kechikkani uchun majburiy kompensatsiya to‘lashi mumkin

Raqobat qo‘mitasi aviakompaniyalar o‘z aybi bilan reyslar kechiktirilgan holatlarda yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘layotgan yoki to‘lamayotganini o‘rganishni boshladi. Bunga fuqarolarning sifatsiz xizmat ko‘rsatish va o‘z vaqtida ma’lumot berilmasligi bo‘yicha murojaatlari keskin ko‘paygani sabab bo‘lgan.

2026-yilning birinchi yarmida havo transporti xizmatlari bo‘yicha iste’molchilardan kelib tushgan murojaatlar soni 2025-yilning mos davriga nisbatan 4,1 baravarga oshib, 300 tadan ortgan.

Murojaatlarda quyidagi holatlar qayd etilgan:

  • reyslarning bir necha soatga kechiktirilishi;
  • yo‘lovchilarga o‘z vaqtida va aniq ma’lumot berilmasligi;
  • xizmat ko‘rsatish sifati pastligi;
  • ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun haq undirilishi.

Tahlillarga ko‘ra, ayrim hollarda reyslar tashuvchi aybi bilan kechiktirilgan bo‘lsa-da, yo‘lovchilarga kompensatsiya yoki muqobil yechim taklif qilinmagan. Bu fuqarolarning vaqti, mablag‘i va rejalariga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Qo‘mita ochiq manbalar asosida tashuvchi aybi bilan mahalliy aviaqatnovlar kechiktirilganda yo‘lovchilarga kompensatsiya to‘langan holatlarni hamda iste’molchilar huquqlariga rioya etilishini o‘rganmoqda.

Shu munosabat bilan aviakompaniyalardan o‘z raqamli platformalarida ma’lumotlarni to‘liq taqdim etish va ularni qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish talab qilinmoqda.

Fuqarolardan esa ushbu sohadagi taklif va shikoyatlari bilan Raqobat qo‘mitasiga murojaat qilish so‘ralmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Sifatsiz tovarlar uchun marketpleys sotuvchilariga javobgarlik belgilandi
/
Sifatsiz tovarlar uchun marketpleys sotuvchilariga javobgarlik belgilandi
O‘zbekistonda uy-joy savdosi 21% ga oshdi
/
O‘zbekistonda uy-joy savdosi 21% ga oshdi
“Xalq banki” Forbes reytingiga kirgan ilk o‘zbek banki bo‘ldi
/
“Xalq banki” Forbes reytingiga kirgan ilk o‘zbek banki bo‘ldi