Xorazmda Urganch va Xiva o‘rtasida yangi trolleybuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

Yangi trolleybuslar harakati oralig‘i avvalgi 25 daqiqadan 12 daqiqagacha qisqaradi

Xorazmda Urganch va Xiva o‘rtasida yangi trolleybuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi

27-oktyabrdan Urganch — Xiva yo‘nalishida yangi trolleybuslar qatnay boshlaydi. Shuningdek, Urganch shahrida trolleybuslarga xizmat ko‘rsatish uchun yangi trolleybus saroyi binosi foydalanishga topshirildi.

Yangi trolleybuslar Urganch xalqaro aeroporti, Urganch temiryo‘l vokzali va Xiva temiryo‘l vokzalini bog‘lovchi yo‘nalishda harakatlanadi. Yo‘lovchi tashish xizmatlarini yalpi shartnomalar (brutto-kontraktlar) tizimi asosida tashkil etish rejalashtirilgan. Bunda tashuvchiga to‘lov sotilgan chiptalar soniga emas, balki bajarilgan transport ishiga qarab belgilanadi.

Harakat tarkibi yangilanishi natijasida Urganch va Xiva o‘rtasida trolleybuslar qatnovi oralig‘i 25 daqiqadan 12 daqiqagacha qisqarishi kutilmoqda.

25-oktyabr kuni Xorazm Trolleybus Saroyi davlat muassasasining yangi binosi ochildi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

“Monetex” kripto-do‘kon faoliyati uchun litsenziya oldi
/
“Monetex” kripto-do‘kon faoliyati uchun litsenziya oldi
O‘zbekistonda kino ishlab chiqarishga ajratiladigan budjet 218 mlrd so‘mga yetdi
/
O‘zbekistonda kino ishlab chiqarishga ajratiladigan budjet 218 mlrd so‘mga yetdi
Toshkentda 265 o‘rinli Milliy onkologiya markazi qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolandi
/
Toshkentda 265 o‘rinli Milliy onkologiya markazi qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolandi