“Monetex” kripto-do‘kon faoliyati uchun litsenziya oldi
Kompaniya O‘zbekistonda kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya olgan 14-tashkilot bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi “MONETEX” MChJga kripto-do‘kon faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berdi. Bu haqdagi ma’lumot 2026-yil 26-oktyabrda e’lon qilingan litsenziyalar reyestrida keltirilgan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, litsenziya kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomga (ro‘yxat raqami 3380, 2022-yil 15-avgust) muvofiq berilgan.
Shu tariqa, MONETEX O‘zbekistonda kripto-do‘kon faoliyati uchun litsenziya olgan 14-tashkilotga aylandi.
Kompaniya Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Sayram MFY, Sayram ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashgan. Uning 100 foiz ulushi Sherzod Akmal o‘g‘li Qasimovga tegishli va ustav kapitali 1 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ