O‘zbekistonda kino ishlab chiqarishga ajratiladigan budjet 218 mlrd so‘mga yetdi

2016-yilda kino ishlab chiqarish uchun davlat budjetidan 10 mlrd so‘m ajratilgan

O‘zbekistonda kino ishlab chiqarishga ajratiladigan budjet 218 mlrd so‘mga yetdi

O‘zbekistonda kino ishlab chiqarishni moliyalashtirish uchun 2026-yilda davlat budjetidan 218 mlrd so‘m ajratildi. 2016-yilda bu ko‘rsatkich 10 mlrd so‘mni tashkil etgan. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

So‘nggi o‘n yil davomida mamlakatda kinematografiya sohasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ikkita farmon va sakkizta qaror qabul qilingan.

Davlat rahbari o‘n yil avval “O‘zbekfilm” kinostudiyasining ahvoli qanday bo‘lganini ham eslatdi. Islohotlarning dastlabki kunlaridanoq studiyani tiklash va kinoijodkorlar faoliyati uchun zarur sharoitlarni yaratishga e’tibor qaratilgan. Natijada kinostudiya majmuasi to‘liq rekonstruksiya qilingan.

Prezidentning ta’kidlashicha, bu davrda milliy kino ishlab chiqarish ko‘lami va sifati oshgan, bozorda esa o‘nlab xususiy kinostudiyalar paydo bo‘lgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Xorazmda Urganch va Xiva o‘rtasida yangi trolleybuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
/
Xorazmda Urganch va Xiva o‘rtasida yangi trolleybuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi
Toshkentda 265 o‘rinli Milliy onkologiya markazi qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolandi
/
Toshkentda 265 o‘rinli Milliy onkologiya markazi qurilishi bo‘yicha shartnoma imzolandi
Toshkentda BRT avtobuslari uchun ajratilgan yo‘laklar uzunligi 8 kilometrga yaqinlashdi
/
Toshkentda BRT avtobuslari uchun ajratilgan yo‘laklar uzunligi 8 kilometrga yaqinlashdi