Toshkentda BRT avtobuslari uchun ajratilgan yo‘laklar uzunligi 8 kilometrga yaqinlashdi

Shota Rustaveli va Shahrisabz ko‘chalari bo‘ylab tezkor avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lakning qariyb 1 kilometrlik yangi qismi ochildi

Toshkentda BRT avtobuslari uchun ajratilgan yo‘laklar uzunligi 8 kilometrga yaqinlashdi

Toshkentda tezkor avtobuslar — BRT uchun mo‘ljallangan ajratilgan yo‘lakning qariyb 1 kilometrlik yangi qismi foydalanishga topshirildi. Bu haqda Yo‘l harakatini tashkil etish markazi ma’lum qildi.

Natijada Shota Rustaveli va Shahrisabz ko‘chalari bo‘ylab uzluksiz yo‘lakning umumiy uzunligi qariyb 8 kilometrga yetdi.

Yangi qism Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va 6-son shahar tug‘ruq majmuasi oralig‘ida joylashgan.

BRT yo‘laklari yo‘lning markaziy qismidan o‘tadi va avtobuslarning ustuvor harakatlanishi uchun mo‘ljallangan. Bu jamoat transportiga avtomobillar tirbandligining ta’sirini kamaytirish, kechikishlarni qisqartirish va avtobuslar harakati oralig‘ini barqarorlashtirishga yordam beradi.

Kelgusida poytaxtning Sergeli va Yunusobod tumanlarini bog‘laydigan yagona transport yo‘lagini tashkil etish rejalashtirilgan. Ishlar tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqda.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oybek Tursunov Perfectum bosh ofisi va 2 mingdan ortiq aktivini 98,4 mlrd so‘mga sotib oladi
/
Oybek Tursunov Perfectum bosh ofisi va 2 mingdan ortiq aktivini 98,4 mlrd so‘mga sotib oladi
Markaziy Osiyoning besh davlati $5 mlrdlik gaz quvurlari tarmog‘i bilan birlashtirilishi mumkin
/
Markaziy Osiyoning besh davlati $5 mlrdlik gaz quvurlari tarmog‘i bilan birlashtirilishi mumkin
O‘zbekistonda ilk islomiy bank litsenziyasi “Open bank”ga berildi
/
O‘zbekistonda ilk islomiy bank litsenziyasi “Open bank”ga berildi