Moliyaviy reklamalarda fuqarolar qarz xatarlaridan ogohlantiriladi

Qonun bilan sug‘urta savodxonligini oshirishga qaratilgan axborot ijtimoiy axborot tarkibiga kiritilmoqda

Moliyaviy reklamalarda fuqarolar qarz xatarlaridan ogohlantiriladi

Oliy Majlis Senatining 18-yalpi majlisida “Reklama to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun ma’qullandi.

Yangi tartibga ko‘ra, moliyaviy xizmatlar, jumladan kredit mahsulotlari reklamasida ulardan foydalanish va qarz majburiyatlarini bajarmaslik moliyaviy xatarlarga olib kelishi mumkinligi haqida iste’molchilarni ogohlantirish talab etiladi.

Qonun bilan sug‘urta savodxonligini oshirishga qaratilgan axborot ijtimoiy axborot tarkibiga kiritilmoqda. Shuningdek, tegishli sohalardagi vakolatli organlar ijtimoiy axborot reklama beruvchilari qatoriga kiritiladi.

O‘zgarishlar aholining, shu jumladan tadbirkorlarning sug‘urta xizmatlari bo‘yicha savodxonligini oshirish hamda kredit mahsulotlaridan foydalanishda o‘z to‘lov qobiliyatini to‘g‘ri baholashiga ko‘maklashishga qaratilgan.

Senatorlarning ta’kidlashicha, yangi tartib sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan ishonchni oshirish va kredit bilan bog‘liq moliyaviy xatarlar haqida aholi hamda tadbirkorlarning xabardorligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Avvalroq prezident qarori bilan kredit reklamalarida ortiqcha to‘lov va kreditning to‘liq qiymatini ko‘rsatish majburiy bo‘lgandi.

Shuningdek, reklamalarda shartnoma tuzilayotgan paytda hisoblab bo‘lmaydigan daromad miqdorini kafolatlash taqiqlanadi. Mazkur cheklov moliyaviy xizmatlarni targ‘ib qiluvchi reklama materiallariga ham tatbiq etiladi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Soliq qo‘mitasiga yil boshidan 29,8 mingta murojaat kelib tushdi
/
Soliq qo‘mitasiga yil boshidan 29,8 mingta murojaat kelib tushdi
O‘zbekistondagi yirik korxonalarning yarmi qarz foizlarini foydasi hisobidan qoplay olmaydi
/
O‘zbekistondagi yirik korxonalarning yarmi qarz foizlarini foydasi hisobidan qoplay olmaydi
O‘zbekistonning xalqaro obligatsiyalari J.P. Morgan indeksiga kiritiladi
/
O‘zbekistonning xalqaro obligatsiyalari J.P. Morgan indeksiga kiritiladi