Paynet ustav kapitali 1 mlrd so‘mlik yangi venchur kompaniya tashkil etdi
Yangi tuzilma Paynet ekotizimidagi to‘rtinchi kompaniyaga aylandi
Фото: Абдумавлон Мадмусаев / Kapital.uz
O‘zbekistonda yana bir yangi venchur kompaniya — Paynet Venture Vectors MChJ ro‘yxatdan o‘tdi. Kompaniya 1 mlrd so‘m ustav kapitali bilan tashkil etilgan.
Yangi tuzilma Paynet ekotizimidagi to‘rtinchi kompaniyaga aylandi. Avvalroq guruh tarkibida Humo, Paynet Crypto va Futherit kompaniyalari faoliyat boshlagan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Paynet kompaniyasi 2026-yilning birinchi choragida 449,5 mlrd so‘m foyda qayd etib, rekord moliyaviy natijaga erishgan.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda bank va fintex sektorining venchur investitsiyalarga qiziqishi ortib bormoqda. Xususan, Aloqa Ventures va Aloqa Ventures-2 kompaniyalari “Aloqabank” tomonidan tashkil etilgan bo‘lsa, United Ventures 2025-yil boshida yettita davlat banki — SQB, Agrobank, Mikrokreditbank, Asakabank, Xalq banki, Milliy bank va Turonbank ishtirokida ish boshlagan.
Bundan tashqari, mamlakatda United Ventures, IT Park Ventures, Imkon Ventures, UzVC Ventures va Yoshlar Ventures kabi venchur fondlari ham faoliyat yuritmoqda.
Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ