O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi

Mamlakat banklarida yangi qoidalar joriy yilning 9-avgustidan amal qiladi

O‘zbekistonda naqd valyutani pasportsiz sotib olish limiti $500 gacha oshiriladi

O‘zbekistonda shaxsni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmasdan naqd shaklda xorijiy valyuta sotib olishning yuqori chegarasi besh baravarga oshirilmoqda. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.

2026-yil 9-avgustdan boshlab mamlakatda valyuta operatsiyalarini amalga oshirish tartibiga kiritilgan o‘zgarishlar kuchga kiradi. Regulyator jismoniy shaxslarni identifikatsiya qilish talablarini qayta ko‘rib chiqdi va hujjatsiz valyuta sotib olishning ruxsat etilgan miqdorini $100 dan $500 gacha ko‘tardi. Kapital.uz avvalroq bu haqdagi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo’yilgani haqida xabar bergandi. 

Tasdiqlangan normalarga ko‘ra, belgilangan limit doirasidagi bitimlarni amalga oshirishda moliya tashkilotlari pasport yoki ID-kartani talab qilmaydi.

Ma’lumot uchun: bunga qadar operatsiya summasi $100 dan oshgan taqdirda mijozni majburiy verifikatsiya qilish talab etilar edi.

Yirikroq bitimlar bo‘yicha tekshiruv tartibi o‘zgarishsiz qoladi. Bank xodimlari fuqaroning shaxsini aniqlashi, vakillarning vakolatlarini tekshirishi va yakuniy benefitsiarni belgilashi shart. Shuningdek, banklar operatsiyalarning mijoz profiliga muvofiqligini ta’minlash maqsadida tranzaksiyalarning maqsadini tahlil qilishda va mablag‘larning kelib chiqish manbasini kuzatishda davom etadilar.

Eslatib o‘tamiz, 2026-yilning birinchi choragida fuqarolar tijorat banklariga $6 mlrd miqdorida valyuta sotgan, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan bir yarim baravar ko‘p Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan sotib olingan mablag‘lar hajmi $3,2 mlrdni tashkil etib, 31% o‘sishni ko‘rsatdi. Shunday qilib, ushbu segmentda $2,9 mlrd miqdorida ijobiy saldo shakllandi.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
/
Oʻzbekistonda yana 550 turdagi davlat xizmati elektron shaklga oʻtkazilishi mumkin
Jamshid Xo‘jayev: O‘zbekistonda energetika sohasiga $35 mlrd investitsiya jalb qilindi
/
Jamshid Xo‘jayev: O‘zbekistonda energetika sohasiga $35 mlrd investitsiya jalb qilindi
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda
/
O‘zbekistonda dollar kursi o‘sishda davom etmoqda