Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan

Umuman yil boshidan milliy valyuta kursi 1,5% ga pasayib, kunlik tebranuvchanlik darajasi ikki barobarga oshdi

Uch oyda banklarga aholi tomonidan $6 mlrd qiymatidagi valyuta sotilgan

Kapital.uz avval xabar berganidek, Markaziy bank tomonidan 2026-yilning birinchi choragi bo’yicha ichki valyuta bozori sharhi e’lon qilindi.

Ma’lum qilinishicha, aholi tomonidan tijorat banklariga $6 mlrd sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p. Shu bilan birga, jismoniy shaxslar tomonidan $3,2 mlrd sotib olinib, ko’rsatkich 31% ga o‘sgan. Natijada, aholi segmentida ijobiy saldo $2,9 mlrdni tashkil etdi.

Mazkur davrda aholining banklarga valyuta sotuvining asosiy manbaiboʻlgan xalqaro pul oʻtkazmalari orqali mamlakatimizga $3,8 mlrd miqdorida valyuta mablagʻlari kelib tushdi. Bu 2025-yil mos davriga nisbatan 13% yoki $433 mlnga koʻp.

Xalqaro pul o‘tkazmalari orqali mamlakatdan chiqib ketgan valyuta hajmi $604 mlnni tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan $39 mlnga kamaydi. Mamlakatga xorijdan o‘tkazilgan pul mablag’lari hajmi esa ochiqlanmagan.

2026-yil boshidan milliy valyuta kursi 1,5% ga pasaygan bo‘lib, kunlik tebranuvchanlik darajasi ikki barobarga oshdi. Chorak davomida o‘rtacha kunlik tebranish 0,2% (o‘rtacha 29 so‘m) ni tashkil etgan, bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davrida 0,1% (o‘rtacha 12 so‘m) bo‘lgan.

Mutaxassislar qayd etishicha, yuqori iqtisodiy faollik va importni moliyalashtirish ehtiyoji yuridik shaxslar tomonidan valyutaga talabning sezilarli oshishiga olib kelgan va bu omil milliy valyuta kursining pasayishiga ta’sir ko‘rsatgan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

Toshkentdagi ayrim bozorlarning sof foydasi 18,2 mlrd so‘mdan oshdi
/
Toshkentdagi ayrim bozorlarning sof foydasi 18,2 mlrd so‘mdan oshdi
Shuhratbek Qurbonov Markaziy bank tizimidagi “Simple Smart Systems” kompaniyasiga rahbar bo‘ldi
/
Shuhratbek Qurbonov Markaziy bank tizimidagi “Simple Smart Systems” kompaniyasiga rahbar bo‘ldi
O‘zbekistonda QQSdan ozod qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati 518 taga yetkazildi
/
O‘zbekistonda QQSdan ozod qilingan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxati 518 taga yetkazildi