2026-yilning birinchi choragida xorijiy valyutaga bo‘lgan umumiy talab $14,6 mlrdga yetdi

Sotib olingan valyutaning asosiy qismi ishlab chiqarish ehtiyojlariga yo‘naltirilgan

2026-yilning birinchi choragida xorijiy valyutaga bo‘lgan umumiy talab $14,6 mlrdga yetdi

Markaziy bankning 2026-yilning birinchi choragi bo’yicha ichki valyuta bozori sharhi e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2026-yilning I choragida O‘zbekistonda ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklif hajmlari sezilarli darajada oshdi. Bunda taklif o‘sish sur’ati talabga nisbatan biroz yuqori shakllangan.

Hisobot davrida xorijiy valyutaga bo‘lgan umumiy talab $14,6 mlrdni tashkil etib, 2025-yilning mos davriga nisbatan 24% ga oshdi. Shu bilan birga, Markaziy bank operatsiyalarisiz hisoblanganda valyuta taklifi $12,2 mlrdga yetib, 27% ga ko‘paydi.

Yuridik shaxslar tomonidan xorijiy valyutaga talab 23% ga oshgan bo‘lsa, ularning valyuta taklifi 11% ga ko‘paydi. Eksport tushumlari hisobiga shakllangan valyuta taklifi 19% ga o‘sib, $4,2 mlrdni tashkil etdi. Ushbu tushumlarning $2,2 mlrdi yoki 52% i ichki bozorda sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilga nisbatan $107 mln ga ko‘pdir.

Shuningdek, banklar tomonidan xorijiy kreditlar hisobidan ichki bozorga $2,3 mlrd miqdorida valyuta sotilgan, bu esa o‘tgan yilga nisbatan 65% ga yoki $904 mln ga ko‘pdir.

Importni moliyalashtirishda ichki bozorda sotib olingan valyuta ulushi 66,3% ni tashkil etgan (2025-yilda — 60,7%). Xorijiy valyutadagi o‘z mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish ulushi esa 22% ni tashkil etdi (2025-yilda — 25,6%).

Sotib olingan valyutaning asosiy qismi ishlab chiqarish ehtiyojlariga yo‘naltirilgan: 47% i asbob-uskunalar, xomashyo va tovarlar importiga, 29% i kreditlarni so‘ndirishga, 20% i iste’mol tovarlari va dori vositalariga, 1% i investor daromadlarini repatriatsiya qilishga, qolgan 3% i boshqa maqsadlarga sarflangan.

Moliya va biznes haqida ko'proq yangiliklar Telegram kanalda @KPTLUZ

tg

Mavzu bo'yicha materiallar

O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi
/
O‘zbekistonda dollar kursi 12 050 so‘mdan pasaydi
Mirziyoyev Markaziy Osiyo uchun “Toza havo” konsorsiumini tuzishni taklif qildi
/
Mirziyoyev Markaziy Osiyo uchun “Toza havo” konsorsiumini tuzishni taklif qildi
O‘zbekistonda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzlarni undirish tartibi soddalashtirildi
/
O‘zbekistonda kommunal xizmatlar bo‘yicha qarzlarni undirish tartibi soddalashtirildi